So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  11 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

"Paxtakor"da jamoaviy o'yin yo'q. Faqat bir klub chempionlikka mos o'yin ko'rsatmoqda" - Mutaxassis kimni nazarda tutdi? Yangiliklar

"Paxtakor"da jamoaviy o'yin yo'q. Faqat bir klub chempionlikka mos o'yin ko'rsatmoqda" - Mutaxassis kimni nazarda tutdi?

Yaypandagi "Neftchi" - "Metallurg" uchrashuvi Superliganing 10-tur bahslarini boshlab berdi.

Darhaqiqat, Ilhom Mo'minjonov shogirdlari va nihoyat uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdi. SHu bilan birga jamoaning g'alabasiz seriyasi yakunlandi. Bugun oqshomda ham shu kabi bir qator qiziqarli uchrashuvlar o'rin olgan. Mazkur o'yinlar oldidan mutaxassis fikri rukniga murabbiy Bahrom Haydarovni taklif qildik.



"Neftchi" - "Metallurg"

— Ushbu uchrashuv muxlislar uchun qiziqarli o'tgani aniq. "Neftchi" shu kuni maydonda kamroq pas o'ynab, qarshi hujumga chiqishga urinib ko'rdi. Lekin jamoaning bu rejasi ikkinchi bo'lim o'rtalarigacha ish bergani yo'q. Qarshi hujumga chiqayotganda tezlikka etibor berish kerak. Futbolchilar kerakli tezlikni olmagani uchun "Metallurg" himoyachilari ortga tezroq qaytishga ulgurishdi. Baribir yakunda Farg'ona jamoasi g'alabani o'ziniki qildi. Bu bilan jamoani tabriklayman.


"Lokomotiv" - "Paxtakor"

— O'ziga hos Toshkent derbisi. "Lokomotiv" ham, "Paxtakor" ham stabil o'ynayotgani yo'q. SHu bois biror narsa deyish qiyin. "Temiryo'lchilar"ning o'yini chiqib qolsa yaxshi natijaga erishadi. "Paxtakor" haqida fikrimda qolaman, futbolchilar individual harakatlar evaziga nimadir qilishi mumkin. CHunki jamoaviy o'yin ko'zga tashlanmayapti. Baribir bu - "Paxtakor". Dragan CHeran saftga qaytganini inobatga olsak "sherlar" kichik hisobda g'alaba qozonishini taxmin qilaman, 40/60


"Qizilqum" - "Surxon"

— Navoiyliklar pastga qarab "sho'ng'ish"moqda. Jamoa o'zini o'nglab olmasa bo'lmaydi. Bugun g'alaba qozonmasa turnir jadvalida yana pastlaydi. Ularda hamma narsa bor. Futbolchilar, murabbiylar. "Surxon"  ham yaxshi o'yin ko'rsatayotganini aytish joiz. Bu bellashuvda durang qayd etilsa kerak, 50/50

"Dinamo" - AGMK

— AGMK o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda. Ancha shakllanib bormoqda. Bunday jamoalar bizda bir nechta. "So'g'diyona", "Qo'qon-1912" kabi klublarga qarshi to'p tepish qiyin. Andrey SHipilov katta o'zgarish qilmaydi. CHunki jamoa bilan yil boshidan beri ishlamoqda.  Ammo AGMK ham osonlikcha o'yin berib qo'ymasligi aniq. Imkoniyatlar 50/50. 


"Bunyodkor" - "Nasaf"

— "Bunyodkor"da o'zgarishlar ro'y berdi. Superligada "Nasaf" chempionlikka mos o'yin ko'rsatayotgan yagona jamoa hisoblanadi. Lekin ular "Bunyodkor"ga qarshi qiynalishligi tabiiy. Viktor Karpenkoda ham o'yinga o'ziga hos reja bor. AGMK bilan o'yinda hech bir jabhada mag'lub bo'lmadi. "Nasaf" ayni payt ajoyib holatda ekanligi o'z-o'zidan ularning imkoniyatini ko'proq baholashga sabab bo'lmoqda, 40/60

"So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"

— Bir-biriga noqulay raqib. Ikki jamoada tarkib shakllangan. "So'g'diyona" bejiz birinchi o'rinda ketmayapti. "Qo'qon-1912" so'nggi o'yinlarga kelibgina uyg'ondi. Imkoniyatlar: 70/30

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика