"Paxtakor": Yoshlar va birinchi liga jamoasi mashg'ulotlarni boshladi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2014, 15:28
20 dekabr kuni "Paxtakor"ning yoshlar va birinchi ligadagi jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Hozircha engil jismoniy mashqlar "Paxtakor" stadionida o'tkazilmoqda. Har ikki jamoa yangi yilgacha birga shug'ullanadi. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi yoshlar jamoasi fevralda Italiyada bo'lib o'tadigan "Koppa Karnevale" xalqaro turnirida ishtirok etish uchun yanvar oyida yig'inlarni davom ettiradi. Birinchi liga jamoasi esa yangi mavsumga hozirlik ko'radi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz