"Paxtakor" yangi futbolchilarni tanishtirdi
14 mar 2019 14:49
Yangiliklar


"Paxtakor" yangi futbolchilarni tanishtirdi
Bugun, 14 mart kuni Toshkentning "Paxtakor" klubi 2019 yilgi mavsumdan oldin o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtirdi.
Mavsumlar oralig'ida "Paxtakor" 8 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Bular Marat Bikmaev, Sadriddin Abdullaev, Sanjar Quvvatov, Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Javohir Sidiqov, Akrom Komilov.
Bu safargi tanishtiruv marosimi noodatiy tarzda tashkil etildi. Unda jamoaga yangi kelgan futbolchilar "Paxtakor" akademiyasining 2010 yilda tug'ilgan bolalariga qarshi futbol o'ynashdi.
Ushbu shou uchrashuvidan so'ng futbolchilar "Paxtakor" formasi bilan rasmga tushishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar