So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  0 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

“Paxtakor” yana “Al Ayn” bilan bellashadi Yangiliklar

“Paxtakor” yana “Al Ayn” bilan bellashadi

2010 yil guruh bosqichida “Al Ayn”dan 2 marta ustun kelgan “Paxtakor” BAAning ayni paytdagi peshqadam klubiga qarshi muhim o'yinni o'tkazadi.
Raqib safida mashhur va yuqori saviyada o'ynaydigan futbolchilar etarlicha.

"AL AYN" KLUBI
To'liq nomi:
"Al Ayn" Sport va madaniyat klubi
Laqabi: "Al Vahda" ("Guruh", "jamoa").
Tashkil etilgan vaqti: 1968 yil.
Stadioni: “Hazza Bin Zaid” stadioni, 25500 tomoshabinga mo'ljallangan.
Jamoa rahbari: Muhammad Bin Zayd.
Bosh murabbiyi: Zlatko Dalich (Bosniya va Gercegovina).
Erishgan yutuqlari: 11 bor BAA chempioni (1977, 1981, 1984, 1993, 1998, 2000, 2001, 2003, 2004, 2012, 2013), 6 marta BAA Prezidenti Kubogi sohibi (1999, 2001, 2005, 2006, 2009, 2014), Osiyo CHempionlar ligasi g'olibi (2003), Ko'rfaz mamlakatlari klublari chempionati g'olibi (2001), BAA FF Kubogi sohibi (1989, 2005, 2006), BAA Superkubogi sohibi (1994, 2003, 2009), "Etisalat Emireyts" Kubogi sohibi (2009).

Al-Ayn shahri jamoasi byudjeti borasida bemalol Evropaning etakchi jamoalari bilan ham raqobatlasha oladilar. "Al Ayn" tarkibida qanotlarda va maydon markazida yuqori tezlik hamda yaxshi texnikaga ega bo'lgan futbolchilar harakat qilishini bilib oldim. Himoya chizig'i juda ham kuchli emas.

Klub rahbariyati infratuzilmani yaxshilashga katta etibor qaratyapti. 9 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun akademiya tashkil etilgan va barcha yoshdagi jamoalar BAA milliy chempionatida ishtirok etishadi. Jamoa 3ta stadionga ega. Ulardan oxirgi qurilgan “Hazza Bin Zaid” jahon standartlariga mos ravishda barpo etilgan.
SHu paytgacha "Ayn" CHempionlar ligasida bir bor g'olib chiqqan, yana bir marta final va yarim finalga etib kelgan. Muxlislarning yodida bo'lsa kerak, "Al Ayn" liganing birinchi mavsumi finalida "Bek Tero Sasana"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra, 2:1 hisobida dog'da qoldirgan. Ikki mavsumdan keyin esa finalda Jiddaning "Al Ittihod" jamoasidan 3:5 hisobida engilgan. SHuningdek, Osiyo klublari chempionatida 1999 yil Aynliklar uchinchi o'rinni egallashgan. O'tgan mavsumda jamoa yarim finalda “Al Hilol”dan engilgandi.

Bosh murabbiy Zlatko Dalich faoliyatini asosan Xorvatiya klublarida o'tkazib, murabbiylikda asta-sekinlik bilan o'sishga erishmoqda. Xorvatiya va Albaniya jamoalaridan keyin uni arab mamlakatlariga ishga taklif qilishdi. “Al Hilol”da bosh murabbiylik qilgach, unga “Al Ayn”dan taklif tushdi. Ayni paytda u jamoani BAA chempionatida oltin medallar sari dadil etaklayapti. “Al Jazira” bilan farq 4 ochkoga etdi va “Ayn” etiborini CHempionlar ligasiga ham qaratishi mumkin.



Zlatko DALICH
Tug'ilgan sanasi:
26.10.1966
Tug'ilgan joyi: Livno, Bosniya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1983–1986 “Xayduk”, 1986–1987 “Dinamo” Vinkovci, 1988–1991 “Velez Mostar”, 1992–1996 “Varteks”, 1996–1998 “Xayduk”, 1998–2000 “Varteks”.
Boshqargan jamoalari: 2005–2007 “Varteks”, 2006-2011 Xorvatiya U-21 terma jamoasi (yordamchi), 2007–2008 “Rieka”, 2008–2009 “Dinamo” Tirana, 2009–2010 “Slaven”, 2010–2012 “Al Faysali”, 2012–2013 “Al Hilol” (2-jamoa), 2013 “Al Hilol”, 2014 yildan “Al Ayn”da.
Erishgan yutuqlari: Saudiya shahzoda Kubogi sohibi-2013, BAA Prezidenti Kubogi sohibi-2014.

“Al Ayn” tarkib va o'yin saviyasi bo'yicha hozir mintaqamizda eng kuchli uch jamoadan biridir. Hammasi bu klubning OCHLga qanchalik jiddiy munosabatda bo'lishida. BAA terma jamoasida asosiy ishni bajarayotgan Umar va Muhammad Abdulrahmon kabi mahalliy yulduzlar, Miroslav Stox, Li Myun Ji, Asamoa Gyan hamda Jires Ekoko singari legionerlarga ega. Stox deyarli har o'yinda golli pas oshiradi, Gyan esa jamoa uchun 104 uchrashuvda 113 to'p kiritdi. U jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgandi.



Darvozabonlar
12. Volid Salim
17. Xolid Isa
22. Mahmud Almas
40. Muhammad Sanda

Himoyachilar
5. Ismoil Ahmad
15. Holid Abdulrahmon
19. Mohannad Salim
21. Favzi Fayoz
23. Muhammad Ahmad
37. Rashid Muhayir
38. Said Musabbeh
44. Faris Juma
49. Salim Juma
50. Muhammad Fayoz
77. Muhammad Favzi

Yarim himoyachilar
8. Rashid Isa
9. Jires Kembo Ekoko (Franciya)
10. Umar Abdulrahmon
14. Saud Musabbeh
16. Muhammad Abdulrahmon
18. Ibrohim Diaki
20. Hilol Said
24. Ahmad Barman
29. Li Myun Ju (Janubiy Koreya)
43. Rayan Yaslam
99. Miroslav Stox (Slovakiya)

Hujumchilar
3. Asamoa Gyan (Gana)
11. Said Xatiri
13. Xalifa Rashid
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика