Superliganing kechagi o'yinlari bo'yicha hakamlar bo'limi mutaxassislari xulosasi
11 mar 2022 07:45
Yangiliklar
Superliganing kechagi o'yinlari bo'yicha hakamlar bo'limi mutaxassislari xulosasi
Coca-Cola Superligasining 2-turidan o'rin olgan ikkita vaziyat muhokamalar sababli O'FA Hakamlar bo'limi tomonidan o'rganib chiqildi.
“Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvining 19-daqiqasida “Neftchi” futbolchisi Abror Ismoilov raqibiga nisbatan jarohat etkazish ehtimoli yuqori bo'lgan holda butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam bu vaziyatni VAR yordamida qaytadan ko'rib chiqdi va avvalroq berilgan sariq kartochkani bekor qilib, qizil kartochka ko'rsatdi. Ushbu holatda hakamning yakuniy qarori to'g'ri bo'ldi.
“Qizilqum” va “Bunyodkor” bahsning 6-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi Suhrob Izzatov gol kiritishdan avval to'pni qo'li bilan to'xtatdi va zarba berdi. SHu sababli, o'yin qoidalariga asosan gol bekor qilingani haqidagi qaror to'g'ri bo'lgani qayd etildi.
Fikrlar