"Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi g'alati matematika
23 okt 2017 14:13
Yangiliklar
"Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi g'alati matematika
"Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni yutganidan so'ng keyingi ikkita o'yinni yutqazdi. "Paxtakor" esa "Navbahor"ga mag'lub bo'lganidan keyin navbatdagi ikki uchrashuvda g'alaba qozondi.
Qizig'i shundaki, "Paxtakor" Namanganda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgach, keyingi ikkita bellashuvni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal etdi. SHota Arveladze jamoasi avvaliga Toshkentda "Qo'qon-1912"ni Toshkentda va o'tgan turda "Buxoro"ni Buxoroda 2:0 hisobida mag'lub etdi.
"Navbahor"da esa aksincha, jamoa o'z maydonida "Paxtakor" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongach, keyingi ikkita bahsni bir xil 0:2 hisobida boy berdi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari dastlab Toshkentda "Lokomotiv"ga, keyin esa Qo'qonda "Qo'qon-1912"ga yutqazib qo'yishdi.
Navbatdagi turni ikkala jamoa ham o'z maydonida o'tkazadi. "Paxtakor" Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib borsa, "Navbahor" Namanganda "Buxoro"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar