"Paxtakor": U-16 jamoasi Krasnodardagi xalqaro turnirda qatnashadi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2015, 18:01
Kecha jamoa menejeri Samvel Babayan akademiya murabbiylar shtabi bilan uchrashdi.

Unda akademiya rahbariyati va har bir yosh toifasi murabbiylari bilan fikrlar almashildi. "Krasnodar" futbol klubining taklifiga binoan 22-29 mart kunlari Krasnodardagi xalqaro turnirda 1999 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar ishtirok etadigan bo'ldi. Ushbu musobaqada Rustam Qurbonboev boshchiligidagi jamoa qatnashadi. Jamoa oldiga musobaqada munosib o'yin namoyish etish vazifasi qo'yildi.

Yig'ilishda akademiya guruhlarida selekciya ishlarini yanada yaxshilash va yangi istedodlarni qidirib topish masalasi ko'tarildi. Murabbiylarga bu borada tegishli ko'rsatmalar berildi. Har bir yosh toifasining yangi mavsumga tayyorgarligiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi aytilib, buning uchun zarur sharoitlar yaratib berilishi takidlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz