"Paxtakor": Turkiyadagi oxirgi raqib “SHinnik”
06 fev 2014 15:01
Yangiliklar


"Paxtakor": Turkiyadagi oxirgi raqib “SHinnik”
Ertaga 7 fevral kuni, “Paxtakor” jamoasi Turkiyada davom etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda maydonga tushadi.
Raqibimiz Rossiya birinchi divizioni vakili Yaroslavlning “SHinnik”
klubi. 1957 yilda asos topgan jamoa uchun mazkur o'yin Turkiyadagi birinchi
o'chrashuvdir. Aleksandr Pobegalov boshchiligidagi jamoa Rossiya birinchi
divizioni birinchi davrasidan so'ng, 40 ochko to'plagan holda turnir
jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak,
sobiq ittifoq chempionati birinchi ligasi doirasida, jamoalar o'zaro 18
marotaba maydonga tushganlar. “Paxtakor” hisobida 7 g'alaba, 8 durang va 3 mag'lubiyat bor.
“Paxtakor” esa mazkur o'yin bilan birinchi Turkiya yig'iniga yakun yasaydi. Bu o'yinga qadar vakillarimiz “Nefteximik” Nijnekamsk (1:1), “Yageloniya” Bialistok (1:0) va “Terek” Groznyy (1:2) jamoalariga qarshi maydonga tushdilar. Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv jamoamizning Turkiyadagi birinchi o'quv-nazorat yig'iniga yakun yasaydi va vakillarimiz 8 fevral kuni Toshkentga qaytib keladilar.

Fikrlar