So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  8 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  5 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

"Paxtakor" - "Traktorsozi". O'yinga oid malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Traktorsozi". O'yinga oid malumotlar

Teglar :  PaxtakorTraktorsozi
15 mart, seshanba kuni "Paxtakor" OCHLning 3-turida "Traktorsozi"ni qabul qiladi.

Tayyorgarlik

Oliy ligada "Qo'qon-1912" ustidan erishilgan g'alabadan keyin jamoamiz Qibrayda mashg'ulotlarni davom ettirdi. Murabbiylar shtabi futbolchilarni o'yinga yaxshi tayyorlash uchun imkon qadar harakat qilmoqda. Davron Hoshimov diskvalifikaciya sababli bellashuvni tkazib yuboradi.

"Traktorsozi" esa Eron chempionatining oxirgi turida "Fulad"dan 3:2 hisobida ustun keldi. Kecha Toshkentga etib kelgan tabrizliklar birinchi mashg'ulotni o'tkazishdi.

Qarama-qarshilik

Bu jamoalar hozircha o'zaro to'qnash kelmagan. "Paxtakor" Eron klublariga qarshi 13 bor maydonga tushib, 9 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati - 21:13, jamoamiz foydasiga. Eron jamoalari bilan "Paxtakor" muvaffaqiyatli o'ynab kelmoqda.

O'yin rasmiylari

Bellashuvni koreyalik Kim Don Jin boshqaradi. U "Paxtakor" ishtirokidagi ikki uchrashuvda hakamlik qilgan. 2009 yil Saudiya Arabistonida "Al Ittihod" va "Al Hilol"ga qarshi bahslarda jamoamiz imkoniyatni boy bergan. OFKning uchrashuv uchun rasmiylari bilan tanishing.
 
"PAXTAKOR" - "TRAKTORSOZI"
Hakamlar:
Kim Don Jin, Park San Jun, Li Jun Min (hammasi Janubiy Koreya), Risbek SHekerbekov (Qirg'iziston).
Hakamlar nazoratchisi: Jassim Al Hail (Qatar).
Komissar: Aoki Kacufumi (Yaponiya).

Uchrashuv

Bellashuv 15 mart, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi. CHiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida 7 va 20 ming so'mdan sotilmoqda. OCHLning muhim o'yinida jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика