So’nggi yangiliklar

21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  6 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  0 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  2 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  29 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  14 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  12 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  5 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  5 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  1 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0

"Paxtakor" tarkibida chempionatlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar Yangiliklar

"Paxtakor" tarkibida chempionatlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar

Teglar :  Paxtakor
"Paxtakor" tarkibida SSSR va O'zbekiston chempionatlari tarixida eng ko'p bellashuvlarda o'ynagan futbolchilar bilan tanishing.

Uzoq yillar jamoa sharafini himoya qilgan Gennadiy Denisov bu borada mutloq rekordchi sanaladi. Bu himoyachi chempionatlarning jami 371 uchrashuvida "Paxtakor" uchun maydonga tushgan. U 13 mavsum jamoa safida o'ynagan. Keyin faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirgan. Denisov o'zigacha mazkur rekord sohibi bo'lib turgan Birodar Abduraimovdan o'zib ketgan. Jamoa afsonalaridan biri sanaladigan Abduraimovda esa chempionatlar doirasida o'tkazilgan 358 bahs mavjud. Jamoada faoliyatini davom ettirayotganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkich egasi Vladimir Kozak hisobida 205 uchrashuv bor.

Sergey Bondarenko "Paxtakor" tarkibida 329 bellashuvda maydonga tushgan. O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Gennadiy Krasnickiy esa 322 uchrashuvda o'ynagan.

Kuchli o'nlikdan Aleksandr Yanovskiy (297), Marat Kabaev (275), Igor SHkvirin (262), To'lagan Isoqov (252), Viktor Varyuxin (245) va Vladimir SHtern (242) o'rin egallagan. Yanovskiy "Paxtakor" tarkibida eng ko'p o'yinda harakat qilgan darvozabon hamdir.

Azamat Abduraimov otasi Birodar Abduraimov izidan borib, jamoa uchun 238 bahs o'tkazgan.


Quyidagi jadvalda "Paxtakor" uchun chempionatlarda 200 va undan ko'proq uchrashuvlar o'tkazgan futbolchilar ismi keltirilgan. Ularning soni 21 nafarni tashkil qiladi.

Gennadiy Denisov - 371

Birodar Abduraimov - 358

Sergey Bondarenko - 329

Gennadiy Krasnickiy - 322

Aleksandr Yanovskiy - 297

Marat Kabaev - 275

Igor SHkvirin - 262

To'lagan Isoqov - 252

Viktor Varyuxin - 245

Vladimir SHtern - 242

Azamat Abduraimov - 238

Mixail An - 232

Murod Aliev - 232

Yuriy Pshenichnikov - 231

Vitaliy Suyunov - 230

Vladimir Tojirov - 225

Stanislav Andreev - 213

Anvar Soliev - 205

Vladimir Kozak - 205

Idgay Tazetdinov - 202

Oleg Motorin - 200

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика