"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz Rostov va Toshkentdagi turnirda ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2015, 14:00
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari yaqin kunlarda ikki musobaqada qatnashishadi.

2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat Stanislav Kudryashov jamoasi Rostovda Viktor Ponedelnik xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan 6-xalqaro turnirda qatnashadi. 22-29 avgust kunlari o'tadigan turnirda "PAOK" (Gretsiya), "Rostov" (Rostov), "TSK" (Simferopol), "Viktor Ponedelnik akademiyasi" (Rostov), "Anji" (Maxachqala), "Krasnodar o'lkasi akadesiyasi" (Krasnodar) jamoalari ham qatnashadi.

2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilardan iborat Olim Shokirov jamoasi esa 19 avgustdan Toshkentda Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag'ishlab bo'lib o'tadigan musobaqada o'z kuchini sinab ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz