"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz ikki turnirda ishtirok etishdi
01 apr 2014 15:56
Yangiliklar

"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz ikki turnirda ishtirok etishdi
Avvalgi haftada akademiyamiz tarbiyalanuvchilari ikki turnirda qatnashishdi.
Ulardan birinchisi "Paxtakor"ning marhum futbolchilari Ravil Zokirov va Maqsud SHaripov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnir bo'lib, unda 2001 yilda tavallud topgan yosh o'yinchilardan iborat jamoalar ishtirok etishdi. 12 jamoa qatnashgan musobaqada Stanislav Kudryashov shogirdlari 5-o'rinni egallashdi. G'oliblik BO'SM-16 jamoasiga nasib qildi. Kuchli uchlikdan "Metallurg" va "Andijon" jamoalari o'rin olishdi. To'rtinchi o'rin Buxorodan tashrif buyurgan yoshlar tomonidan band etildi.
"Bunyodkor" klubi tomonidan o'tkazilgan musobaqada 2000 yilda tug'ilgan futbolchilar o'z kuchlarini sinovdan o'tkazishdi. Mezbonlar turnir g'olibiga aylanishgan bo'lsa, Sarvar Haydarov boshchiligida qatnashgan jamoamiz ikkinchi o'rindan joy oldi.

Fikrlar