"Paxtakor" stadioniga rekord darajada ko'p tomoshabin keldi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2017, 16:37
Oliy liganing 28-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Olmaliq"dan 2:0 hisobida ustun keldi.

O'sha uchrashuvni "Paxtakor" stadionida 11067 nafar ishqiboz kuzatdi. Bu ko'rsatkich jamoamizning joriy mavsumda uy o'yinlari uchun rekord natija hisoblanadi. Avvalgi bellashuvlarda buncha ko'p miqdorda muxlis kuzatilmagandi.

Ushbu mavsumda stadionimizga o'rtacha tashrif 4207 nafarni tashkil qildi. Bu ko'rsatkich borasida "Paxtakor" oliy ligada 6-natijani qayd etgan bo'lib, klubimizni "Buxoro", "Navbahor", "Dinamo", "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" jamoalari ortda qoldirishgan.

Ma'lumot uchun, 2017 yilgi mavsum rekordi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida qayd etilgandi - 20220.

Eng kam muxlis esa "Obod" - "Lokomotiv" uchrashuviga keldi - 117. Bu yil "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga eng ko'p tomoshabin Buxoroda kelgan - 18138.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz