"Paxtakor" - "SHabab Al Ahli". 9 fevralda o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi
07 fev 2020 21:43
Yangiliklar


"Paxtakor" - "SHabab Al Ahli". 9 fevralda o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi
9 fevral kuni "Paxtakor" va "SHabab Al Ahli" jamoalari uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkaziladi.
Soat 12:00da "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida boshlanadigan tadbirda dastlab "Paxtakor" vakillari, keyin esa mehmon klub vakillari ishtirok etishadi. "SHabab Al Ahli"ning rasmiy mashg'uloti 16:00da, "sherlar" mashg'uloti 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanishi mo'ljallangan.
Ushbu tadbirlarga OAV xodimlarini taklif etib qolamiz", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar