So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  0 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

"Paxtakor" safarda "Al Ayn" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Paxtakor" safarda "Al Ayn" bilan durang o'ynadi

OCHL 4-turidan o'rin olgan "Al Ayn" - "Paxtakor" uchrashuvining matnli translyaciyasi shu erda kuzatib boring.
OCHL. 4-tur. "B" guruhi
“AL AYN” – “PAXTAKOR” 1:1
7 aprel 2015. Dubay. “Xazza Bin Zayd” stadioni. 20:15
Hakamlar:
Fahad Jobir Al Marri (Qatar), Saud Ahmad Al Maqaleh (Qatar), Yosir Tulefat (Bahrayn), Ali Reda (Livan)
Nazoratchi:
Halil Al Gamdi (Saudiya Arabistoni)
Uchrashuv komissari:
Vinsent Yuen (Gonkong)

Gollar:
Kembo Ekoko 19, - 1:0 (Rashid Eysa) - Igor Sergeev 45+1, - 1:1 (Merzlyakov).

"Al Ayn":
17.Xolid Eysa, 5.Ismoil Ahmad, 8.Rashid Eysa (11.Said Al Xatiri, 70), 9.Jires Kembo Ekoko, 10.Umar Abdulrahmon, 16.Muhammad Abdulrahmon (18.Diaki Ibrohim, 75), 19.Muhanad Salim, 20.Hilol Said, 23.Muhammad Ahmad G'arib, 29.Li Myung Ju, 50.Muhammad Fayoz.
Zaxira:
15.Xolid Abdulrahmon, 21.Favzi Fayoz, 22.Mahmud Al Tenaji, 43.Rayan Yaslam Al Jaberi, 44.Faris Juma.

"Paxtakor"
:
12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 7.Kaxi Maxaradze (5.Akbar Ismatullaev, 88), 8.SHerzod Karimov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev (9.Jaloliddin Masharipov, 60), 15.Javohir Sohibov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (18.Bahodir Pardaev, 74), 29.Vladimir Kozak.
Zaxira:
1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovac, 6.Murod Xolmuhammedov, 16.Navro'zbek Alimov.

Ogohlantirishlar:
Ismoil Ahmad 5, Kembo Ekoko 76 - Kozak 56


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

90+4. O'YIN TUGADI. "Paxtakor" safarda "Al Ayn" bilan durang o'ynadi - 1:1.

90+3. Ogohlantirish. "Al Ayn".
Hilol Said

90+2.
Mezbonlar katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda...



90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'zgarish. "Paxtakor".
Kaxi Maxaradze o'rniga Akbar Ismatullaev tushdi

85. ZARBAAAAAAA! Ekoko! Uning zarbasidan so'ng Lobanov to'pni qaytardi!

80.
Umar Abdulrahmon jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq zarba

76. Ogohlantirish. "Al Ayn".
Jires Kembo Ekoko

75. O'zgarish. "Al Ayn".
Muhammad Abdulrahmon o'rniga Diaki Ibrohim tushdi

74. O'zgarish. "Paxtakor".
Stanislav Andreev o'rniga Bahodir Pardaev tushdi

70. O'zgarish. "Al Ayn".
Rashid Eysa o'rniga Said Al Xatiri tushdi

69.
"SHerlar" jarima to'pini amalga oshirishdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

66.
"Paxtakor" safarda bo'lishiga qaramay raqibdan hayiqmay hujumkor tarzda o'ynamoqda

65. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Jamshid Iskanderov darvozaga yo'llashga urindi, zarba o'xshamadi, darvozabon o'z o'rnida

64. ZARBA! Muhammad Abdulrahmonning zarbasini Lobanov ushlab oldi.

63.
Ekoko himoyachilarga tinchlik berayotgani yo'q. Hozir unda yana bir vaziyat bo'ldi, zarba noaniq chiqdi.

62. Qanday vaziyayayayayayayayayayayayayayat! Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Maxaradze yaqin masofadan darvozaga yo'lladi, Xolid Eysa to'pni qaytardi

61.
Igor kichik jarohat olgan ko'rinadi...

60. O'zgarish. "Paxtakor".
Igor Sergeev o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi



59.
Lobanov oyog'idan og'riq sezdi va shifokorlar yordamini qabul qilib oldi. O'yin davom etadi posbon o'z o'rnida

58. ZARBAAAAAAAA! Umar Abdulrahmonning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng Aleksandr Lobanov to'pni ushlab oldi.

57.
Kozak Muhammad Abdulrahmonga nisbatan qo'pol o'ynadi. Mezbonlar 25 metrlardan jarima to'pini amalga oshirishadi.

57. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Vladimir Kozak

56. Sergeev hujumda Hilol Saidga nisbatan qo'pol o'ynadi.

52. Xavfli vaziyat!!!! Umarning qoyilmaqom pasi o'ng qanotga uzatildi, markazga etkazib berilgan to'pni koreyalik Li Myung Ju darvozaga yo'lladi, noaniq!

51.
Jarima maydoniga uzatilngan to'pni Krimec boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq

50.
"Paxtakor" o'zining birinchi burchak to'pini amalga oshirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi



Dastlabki bo'lim statistikasi

Zarbalar: 5:5
Aniq zarbalar: 2:2
Bloklangan zarbalar: 0:2
Xavfli hujumlar: 16:23
Burchak to'plari: 5:0
Jarima to'plari: 6:5
Offsayd: 1:1


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:1.

45+1. Aleksandr Merzlyakovning chap qanotdan oshirib bergan to'pini Igor Sergeev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:1.



45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1. SERGEEV!!!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

44.
"Paxtakor" ko'p hujum qilmoqda, lekin to'p faqat qanotdan uzatilmoqda, bu esa himoyachilar tomonidan qaytarilmoqda. Darvoza sari zarba yo'q.

40. Afsuski Qarshining "Nasaf" klubi mag'lub bo'ldi - 0:1.

38.
Iskanderov to'pni o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar o'z o'rinlarida

35. XAVFLI VAZIYATTTTTTTTT! O'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Lobanov qaytardi, qaytgan to'pni Ekoko darvozaga yo'lladi, Hoshimov darvoza chizig'i ustidan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!

34.
Mezbonlar o'yindagi uchinchi burchak to'pini amalga oshirishmoqda

32.
"Paxtakor"ning hujumlari oxiriga etmay qolmoqda...Sergeevga qadar to'p etib bormayapti

29.
Andreev chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, juda noaniq pas

28. ZARBAAAAAAA! Davron Hoshimovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi!

25. ZARBAAAAAAAAAAA! EKOKOOOOOOOOOO! LOBANOVVVVVVVVV! Hujumchi jarima maydoniga kirib borib chap oyoqda zarba berdi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Lobanov qaytardi!

20.
"Al Ayn"ning hujumlari juda xavfli chiqmoqda...Qanotlardan ham markazdan ham...

19.
Eng qizig'i biroz avval Qarshida "Nasaf" ham gol o'tkazib yubordi... "Al Ahli" safida Everton Ribeyro gol urdi - 0:1.

19. Oddiy gol! Rashid Eysa to'pni jarima maydoniga uzatdi, Ekoko to'pni to'xtatmay turib Lobanov qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagiga erlatib yo'lladi - 1:0.



18. GOL! 1:0. Jires Kembo Ekoko!

16. ZARBAAAAAAAA! Ha bu Umar Abdulrahmon lekin Bekxem emas, noaniq zarba

15. Krimec!
Jarima maydoni yonida Umar Abdulrahmonni yiqitdi. Xavfli jarima to'pini mezbonlar tepishadi.

13.
Rashid Eysa to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, Krimec to'pni boshi bilan qaytarib yubordi

10. KAXI! Maxaradze hozir bir nafar raqibni aldab jarima maydoni ichiga kirib bordi, ammo so'nggi pallada to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi!

8.
Asamoa Gyan tomoshabinlar orasida o'yini kuzatib bormoqda.

8.
Andreev chap qanotda ancha faol. Uning autdan oshirib bergan to'pidan so'ng Davron Hoshimov darvozaga zarba berdi, anchagina noaniq!

7.
Samvel Babayan bugungi o'yinga yosh futbolchi Javohir Sohibovni asosiy tarkibga kiritdi.

7.
Maydonda Ekoko yotibdi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.

6.
Jamshidning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

5.
Stanislav Andreev jarima maydoni yonida yiqitildi. Jarima to'pi yonida Iskanderov.



5. Ogohlantirish.
"Al Ayn". Ismoil Ahmad

4. Bugun mezbonlar safida Asamoa Gyan yo'q, ammo Umar Abdulrahmon bor...

2. O'yinni "Al Ayn" futbolchilari boshlab berishdi. 



1. O'YIN BOSHLANDI

- "Al Ayn" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda.

- Sport telekanali o'yinni soat 21:30dan boshlab yozib olingan holda efirga uzatadi.

- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.







Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика