"Paxtakor" Ruminiya jamoasiga yutqazdi
10 fev 2015 15:00
Yangiliklar


"Paxtakor" Ruminiya jamoasiga yutqazdi
Kecha "Paxtakor" Belekda "Universitatya Krayova" klubiga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.
Bir kun avval "Gazovik" bilan bellashuvda ko'proq asosiy tarkib futbolchilariga imkoniyat berilgandi. Kechagi bellashuvda murabbiylar shtabi yoshlar va zaxirada qolib ketayotgan o'yinchilarni maydonga tushirishdi. Kau va Ivan tomonidan kiritilgan to'plar ruminlarga 2:0 hisobida g'alaba keltirdi. Uchrashuv davomida har ikki jamoada qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq tajribaliroq bo'lgan "Krayova" g'alaba qozondi.
"Universitatya Krayova" - "Paxtakor" - 2:0
Gollar: Kau, Ivan.
"Universitatya Krayova" - "Paxtakor" - 2:0
Gollar: Kau, Ivan.

Fikrlar