So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  0 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  1 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

"Paxtakor" qishki tanaffusda qanday o'zgardi: yig'inlarda birorta g'alaba yo'q Yangiliklar

"Paxtakor" qishki tanaffusda qanday o'zgardi: yig'inlarda birorta g'alaba yo'q

Tez orada Superliganing yangi mavsumi boshlanadi. Championat.asia shu munosabat bilan har bir klub haqida, aniqrog'i, ular qishki tanaffusda qanday o'zgargani haqida malumot berib boradi.

Bu ishni amaldagi O'zbekiston chempioni "Paxtakor"dan boshlaymiz. 

Tarkib va transferlar

Navbatdagi chempionlikdan so'ng "Paxtakor" o'z tarkibini tubdan yangilashni boshladi. "SHerlar"ning muvaffaqiyatlarida katta rol o'ynagan ko'plab tajribali futbolchilar jamoani tark etishdi. Ular orasida:

Sanjar Quvvatov;

Eldor Suyunov;

SHerzod Azamov;

Doston Tursunov;

Farruh Sayfiev;

Odiljon Hamrobekov;

Aziz Turg'unboev;

Hojimat Erkinov.

SHuningdek, Mettyu Stinvorden, Pshemislav Banashak va Muhammadali O'rinboev ham "Paxtakor"ni tark etishdi. O'rinboev ijara asosida "Brentford"ning ikkinchi jamoasiga o'tdi. Qolaversa, o'tgan yili "Energetik-BGU" jamoasida ijarada harakat qilgan Rustam Turdimurodov yaqinda "Andijon" tarkibiga qo'shildi. 



"Paxtakor" uchun katta yo'qotishlar Sayfiev, Hamrobekov, Turg'unboev va Erkinovning ketishidir. Ular o'tgan yili asosiy o'yinchilar edi.

Transferlar ham ko'p emas. Bular asosan ijaradan qaytgan yosh futbolchilar: Diyor Ortiqboev, Abubakir Ashurov va Abbos Ergashboev. Doniyor Abdumannopov va Umar Adhamzoda. Abdurauf Bo'riev ham "Paxtakor" futbolchisiga aylandi, ammo darhol "Olimpik" safiga qo'shildi – u erda kamida yozgacha ijarada o'ynaydi.



Umuman olganda, "Paxtakor" hozirda tarkibning o'rtacha yoshi bo'yicha "Olimpik"dan keyin ikkinchi o'rinda (Transfermarkt malumotlariga ko'ra, 21,1 va 22,5 yosh). Jamoada hozirda yuqori saviyada o'ynash uchun etarli tajribaga ega etti nafar futbolchi bor: CHeran (36 yosh), Sobirxo'jaev (29), Hamdamov (27), Alijonov (26), Pavlyuchenko (26), Adhamzoda (25) va Saitov (25). Qolgan barcha futbolchilar 23 yosh va undan kichik. Ular orasida yuqori saviyada o'ynash bo'yicha yaxshi tajribaga ega bo'lganlar (masalan, Abdumannopov, Xolmatov, Hamraliev) ham, yaqinda kattalar futboliga o'tganlar ham (Abdumajidov, Merk, Ashurov, Asqarov) bor.



Yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari natijalari

"Paxtakor" mavsumga tayyorgarlikni Qibraydagi bazasida boshlab, so'ng Turkiyaga yo'l oldi. 1 fevral kuni jamoa qisqa muddatga Toshkentga qaytib, keyin yana Antaliyaga uchib ketdi.

"Paxtakor" yig'inda jami sakkizta o'yin o'tkazdi:

21 yanvar | "Paxtakor" – "Tuzla Siti" (Bosniya va Gercegovina) – 1:1

Gol: Hamdamov.

25 yanvar | "Paxtakor" – "Aleksandriya" (Ukraina) – 1:1

Gol: Ergashboev.

30 yanvar | "Paxtakor" – "Dinamo" Kiev (Ukraina) – 1:5

Gol: Adhamzoda.

7 fevral | "Paxtakor" – "Kolos" (Ukraina) – 2:2

Gollar: Hamraliev, Saidnurullaev.

10 fevral | "Paxtakor" – "Atirau" (Qozog'iston) – 0:2

14 fevral | "Paxtakor" – "Pyunik" (Armaniston) – 1:1

Gol: Saidnurullaev.

19 fevral | "Paxtakor" – RFSH (Latviya) – 0:2

20 fevral | "Paxtakor" – "Petrokub" (Moldova) – 2:3

Gollar: Usmonov, Merk.

SHu tariqa, "Paxtakor" yig'inda birorta g'alabaga erishmadi. Maksim SHackix shogirdlari sakkizta o'yinda to'rt marta durang o'ynadi va shuncha marta mag'lub bo'ldi.

"Paxtakor" yig'inida shov-shuvli "arvoh uchrashuv" ham bo'lib o'tdi. 12 fevral kuni "sherlar" "Vorskla"ga qarshi maydonga tushdi, bir necha kun davomida bu o'yin haqida malumot yo'q edi. Biroq Ukraina klubi bu uchrashuv haqida xabar berdi, natija axborot saytlari bo'ylab tarqaldi va oxir-oqibat O'zbekistonga "uchib keldi". O'sha uchrashuvda "Vorskla" "Paxtakor"ni 6:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa-da, Ukraina tomoni amaldagi mamlakat chempioni safida yoshlar tarkibi maydonga tushirilganini ko'rsatib o'tmagan.

"Vorskla" o'rtoqlik o'yini o'tkazish iltimosi bilan "Paxtakor"ga murojaat qildi. "SHerlar" asosiy tarkib bilan o'ynashdan bosh tortdi, ammo ukrainaliklarga yoshlar jamoasi bilan sparring o'yin taklif qilindi. O'yin yopiq eshiklar ortida o'tkazilishi kerak edi. Klublar uchrashuv haqidagi malumotlarni elon qilmaslikka va albatta o'yindan videoni chop etmaslikka kelishib oldilar. "Vorskla" kelishuvni buzdi, biroq o'z press-relizida "Paxtakor" tarkibi haqidagi malumotni ochiqlamadi.


Murabbiylar shtabi va klub boshqaruvidagi o'zgarishlar

Dekabr oyi oxirida, 2023 yilgi mavsum yakunida darvozabonlar ustozi Denis Ivankov "Paxtakor"ni tark etgani malum bo'ldi. Uning o'rniga klubga mashhur sobiq darvozabon Pavel Bugalo keldi. Aynan u endi "Paxtakor"da darvozabonlarni tayyorlashga masul.

Klub rahbariyati va asosiy jamoa murabbiylar shtabida boshqa o'zgarishlar yo'q. Etiborga olishimiz mumkin bo'lgan yagona narsa – "sherlar" tarkibida uzoq vaqt bolalar va o'smirlar jamoalarida ishlagan murabbiy Dmitriy Anning "Paxtakor"dan ketishi. U asosiy jamoa bilan bevosita shug'ullanmagan, lekin ko'plab o'yinchilarni tayyorlagan. U "Navbahor"ga ishga o'tdi.


Boshqa malumotlar

"Paxtakor" texnik homiysi o'zgardi. Endilikda "sherlar" uchun forma va ekiripovkalar Adidas tomonidan tayyorlanadi. "Paxtakor" bungacha nemis kompaniyasi bilan uzoq vaqt hamkorlik qilgan, o'tgan mavsumda Puma bilan hamkorlik qilgandi. Biroq bunday hamkorlik faqat bir yil davom etdi. Aytish mumkinki, eski tanishlar yana birlashishdi – "Paxtakor" va Adidas.



"Paxtakor" prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev "Lolazor" podkastida o'tgan yilning kuzida jamoada qanday "sabotaj" sodir bo'lgani haqida gapirdi. 

"Besh-olti nafar katta yoshli futbolchi sabotaj qildi. Menimcha, ular chempionlikdan charchagan. Keyin men klubdan ketishimni aytdim. SHundan so'ng uyimga 200 ga yaqin muxlislar kelib, qolishimni so'rashdi. Men ularga: "Yaxshi, lekin hammasi men aytganimdek bo'ladi", dedim. SHu kuni Maksim SHackix va Diyor Xolmatovni xonamga taklif qildim. Men SHackixga keyingi o'yinda Xolmatov sardor bo'lishi kerakligini, katta yoshli futbolchilar va ularning oila azolari buni tribunadan tomosha qilishlarini aytdim. Oradan 3 kun o'tib Diyor sardorlik bog'ichini taqib o'yinga tushdi. Tarkibimizda boshqa yosh futbolchilar ham bor edi. O'shanda "Turon"ni (3:0), keyingi turda "Buxoro"ni (1:0) mag'lub etgandik. SHundan so'ng men katta yoshli futbolchilarni chaqirib, ularga: "Ko'rdingizmi? Biz sizsiz ham o'ynay olamiz", dedim. Keyin ular o'zlariga kelishdi va jamoa yakunda chempion bo'ldi", – dedi Ortiqxo'jaev.


"Paxtakor"ning taxminiy tarkibi

Katta ehtimol bilan dastlabki turlarda "sherlar" tarkibi shunday bo'ladi:

Pavlyuchenko, Saitov, Pazildinov, Abdumajidov, Ortiqboev, Adhamzoda, Asqarov, Sobirxo'jaev, Xolmatov, Saidnurullaev, Abdumannopov (5-3-2).

SHaxzod Azmiddinovni "Paxtakor" himoyasida uzoq vaqt ko'rmaymiz (u aprel-may oylaridan ertaroq safga qaytmaydi). Muhammadqodir Hamraliev ham o'ynay olmaydi, lekin u Azmiddinovdan oldin qaytishi kerak. SHuningdek, Hojiakbar Alijonov hali 100 foiz tayyor emas.

Yig'inda Maksim SHackix hujumda yosh Saidumar Saidnurullaevga ko'p tayandi. Balki uni yangi mavsumda "Paxtakor"da bir necha bor ko'rarmiz. "SHerlar" safida Saidnurullaevdan tashqari ikki nafar sof hujumchi bor (CHeran va Xoldorxonov), shu bois SHackixja har qanday holatda ham tanlov kam. Ulardan tashqari garchi poziciyasi bo'yicha vinger bo'lsa-da, Doniyor Abdumannopov ham hujum markazida o'ynay oladi.

Umuman olganda, "Paxtakor"ning 2024 yilgi mavsum uchun tarkibi juda noodatiy va yosh ko'rinishda bo'ladi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика