"Paxtakor" O'zbekistonning eng yaxshi futzalchisi va yana 5 nafar o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi
12 mar 2020 16:38
Yangiliklar
"Paxtakor" O'zbekistonning eng yaxshi futzalchisi va yana 5 nafar o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi
Oliy liga 1-tur uchrashuvlariga Farg'ona shahri mezbonlik qilmoqda.
O'tgan yilgi mavsumda kumush medallarni qo'lga kiritgan "Paxtakor" jamoasi o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib oldi. Bu yildan jamoani SHuhrat Toshmedov boshqarmoqda. "SHerlar" O'zbekistonning o'tgan yilgi eng yaxshi futzalchisi Akbar Usmonovni o'z tarkiblariga qo'shib olishdi. Malumot uchun, Akbar futzalga aynan "Paxtakor" tarkibida kirib kelgan.

SHuningdek, poytaxtliklar AGMKning asosiy o'yinchilaridan yana biri Mashrab Odilov, o'tgan mavsum "Nasaf"da porlagan va terma jamoadan chaqiruv olgan Sunnatilla Jo'raev, tajribali o'yinchi Konstantin Sviridov ("Maksam-CHirchiq"dan), "Metallurg"dan esa SHerzod Mustafoev hamda Alisher Ibragimovlarni o'z saflariga qo'shib olishdi. Ko'rinib turibdi, "Paxtakor" futzal jamoasi bu yil o'z oldiga chempionlikni maqsad qilib qo'ygan.

Futzal bo'yicha XXIV O'zbekiston chempionati 1-turi doirasida "Paxtakor" uchta o'yinning barchasida g'alaba qozondi. Birinchi kun "Nasaf" darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritilgan, ikkinchi kun "Bunyodkor" 5:3 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, kecha o'tkazilgan uchinchi kunda "Maksam-CHirchiq" taslim etilgan - 4:2.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekistonning amaldagi chempioni Olmaliqning AGMK jamoasi hisoblanadi. Olmaliqliklar ketma-ket 5 bor mamlakat chempioni bo'lishni uddalab kelishmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar