"Paxtakor" o'z uyida "Navbahor"ni mag'lub etdi
01 may 2015 20:39
Yangiliklar


"Paxtakor" o'z uyida "Navbahor"ni mag'lub etdi
Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Paxtakor (Toshkent) – Navbahor (Namangan) 1:0
1 may 2015. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:30
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Muminov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Gol: Stanislav Andreev 83, - 1:0 (Merzlyakov)
"Paxtakor": 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 4.Adnan Oraxovac (7.Kaxi Maxaradze, 67), 8.SHerzod Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov (18.Bahodir Pardaev, 59), 11.Igor Sergeev, 24.Davron Hoshimov (20.Anvar Soliev, 78), 15.Javohir Sohibov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 29.Vladimir Kozak, 28.Stanislav Andreev.
Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 5.Akbar Ismatullaev, 6.Murod Xolmuhammedov, 16.Navro'z Alimov.
"Navbahor": 1.Aleksandr Melenchuk, 9.Ilhom Boydedaev, 89.Bobur Akbarov, 29.Dilshod Jabborov, 2.Alisher Samatov, 6.Sunnatilla Mamadaliev (50.Yuriy Rijko, 53), 8.Azim Ahmedov, 27.Rabbim Hasanov, 91.Sergey Georgiev (11.Otabek Valijonov, 85), 7.Sanat SHixov, 22.SHahboz Erkinov (20.Ulug'bek Baqoev, 63).
Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 4.Temur Kagirov, 10.Alisher Mahmudov, 25.Mo'ydin Mamazulumov.
Ogohlantirishlar: Alisher Samatov 4, Aleksandr Merzlyakov 40, Jaloliddin Masharipov 49, Egor Krimec 58, Javohir Sohibov 74,
CHetlatish: Bobur Akbarov 48
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Uchrashuv tugadi. "Paxtakor" 1:0 hisobida "Navbahor"ni mag'lub etdi
90+4. "Navbahor" burchak to'pini amalga oshirdi, Melenchuk raqib jarima maydoni ichiga bordi, biroq aynan u to'pni qo'li bilan o'ynadi.
90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi
89. "Navbahor" burchak to'pini amalga oshirishdi, Alisher Samatov chalqancha zarba berdi, noaniq
88. Mehmonlar jarima to'pini amalga oshirishdi, himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi
85. O'zgarish. "Navbahor". Sergey Georgiev o'rniga Otabek Valijonov tushdi
84. "Navbahor"ning javob hujumi vaqtida Baqoev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
83. CHap qanotdan Merzlyakov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Andreev boshi bilan gol urdi - 1:0
83. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Stanislav Andreev
82. Burchak to'pidan so'ng Baqoev jarima maydoni ichida yiqilib tushdi hakam penalti yo'q deb hisobladi
81. Xavfli vaziyat! Mehmonlarning tezkor qarshi hujumi! Baqoev to'pni SHixovga uzatdi, Sanat burchak to'pi ishlab oldi
80. ZARBA! Stanislav Andreevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
77. O'zgarish. "Paxtakor". Davron Hoshimov o'rniga Anvar Soliev tushdi
76. ZARBAAAAA! "Paxtakor" gol urishga yaqin edi. Biroq himoyachi va darvozabon yaxshi o'ynab xavfni qaytarishdi.
74. Ogohlantirish. "Paxtakor". Javohir Sohibov
74. Yana bir vaziyat! Bu safar Andreev jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p osmonga qarab ketdi
73. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Darvoza ustuni! Pardaevning chap qanotdan oshirgan to'pidan so'ng Andreev zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytadi!
73. Hozirga qadar zarbalar 9:5, aniq zarbalar 4:1.
72. ZARBA! SHerzod Karimov jarima to'ppini amalga oshirdi, biroz noaniq!
70. O'yinni tomosha qilish uchun stadionga 1849 tomoshabin keldi
68. "Paxtakor" gol urishga urinmoqda. Raqib himoyachilari barcha vaziyatni qaytarishmoqda. O'yin tempi u qadar yuqori emas
67. O'zgarish. "Paxtakor". Adnan Oraxovac o'rniga Kaxi Maxaradze tushdi
64. O'zgarish. "Navbahor". SHaxboz Erkinov o'rniga Ulug'bek Baqoev tushdi
62. "Paxtakor" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, mehmonlar tartibli tarzda himoyalanishmoqda
60.ZARBAAA! Pardaevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!
59. O'zgarish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov o'rniga Bahodir Pardaev tushdi
58. Ogohlantirish. "Paxtakor". Egor Krimec
53. XAVFLI VAZIYAT! Andreevning chap qanotdan uzatgan to'pini Sergeev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!
52. O'zgarish. "Navbahor". Sunnatilla Mamadaliev o'rniga Yuriy Rijko tushdi
51. Mehmonlar hujum qilishda davom etishmoqda, biroq Erkinov qoida buzdi
50. Maydonga tushishga Yuriy Rijko tayyorlanmoqda
49. Ogohlantirish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov
48. "Navbahor" himoyachisi Akbarov SHerzod Karimovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun bosh hakam unga qizil kartochka ko'rsatdi
48. Qizil kartochka! "Navbahor". Bobur Akbarov
47. Mezbonlar burchak to'pini amalga oshirishdi, SHerzod Karimovning oshirgan to'pini Melenchuk ushlab oldi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 0:0
45+1. Erkinov raqib jarima maydoni yonida zarba berishga urindi, biroq buning o'rniga qoida buzdi
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi
45. ZARBAAA! Sergey Georgievning burama zarbasi darvozaga bordi, Lobanov to'pni ushlab oldi
44. Oraxovac Sanat SHixovni yiqitdi. Jarima to'pini "lochinlar" amalga oshirishadi
40. Ogohlantirish. "Paxtakor". Aleksandr Merzlyakov
39. Andreev chap qanotdan to'pni etkazib berdi. Davron Hoshimov markaziy hujumchi o'rnida paydo bo'ldi, biroq zarbasi himoyachilarnikidek chiqdi.
36. ZARBA! SHerzod Karimovning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasi Melenchukka qiyinchilik tug'dirgani yo'q
34. SHu daqiqaga kelib qoida buzish borasida tenglik - 7:7
33. Mezbonlarning xavfli hujumidan so'ng Melenchuk maahorat ko'rsatib to'pni qatardi. Andreev chap qanotdan to'pni uzatgandi
31. Bobur Akbarov o'z jarima maydoni ichida shifokorlardan yordam qabul qilib olmoqda. Unga nisbatan raqib futbolchisi qo'pol o'ynadi.
28. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! CHap qanotdan Sergey Georgiev to'pni Hoshimovdan olib qo'ydi va Orahovacni aldab o'tib jarima maydoni markaziga uzatdi, Sanat SHixovning o'ng oyoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!
24. ZARBAAAAAAA! SHerzod Karimovning chamasi 30 metrlardan yo'llagan zarbasi aniq chiqdi, Aleksandr Melenchukdan ajoyib seyv!
22. Robbim Hasanov Masharipovni yiqitdi. O'yinda kichik to'xtalish
21. Masharipov o'ng qanotdan ikki raqibni aldab oldinga o'tdi, biroq to'p uzatishi manzilga etib borgani yo'q
20. Har ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinni turib olib kuzatib borishmoqda
19. Javohir Sohibov maydon markazida Azim Ahmedovga nisbatan qo'pol o'ynadi, hakam Javohirni og'izaki tarzda ogohlantirdi
18. ZARBA! Davron Hoshimovning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi
17. Mehmonlarning burchak to'pidan so'ng Lobanov xavfni bartaraf etdi.
16. "Navbahor"ning pozicion hujumi chiroyli chiqayotgandi, bir nechta aniq paslar bilan raqib jarima maydoniga yaqinlashib borishdi, biroq Oraxovac to'pni qaytardi.
14. Davron Hoshimov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, anchagina noaniq pas
12. O'yin tempi juda ham past! Stadionga ham juda kam muxlis kelgan. Mehmonlar uchun atalgan sektorda o'tirgan muxlislar "Navbahor"ni qo'llab turishibdi
9. "Navbahor"ning hujumi! Biroq Erkinovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi!
8. Sohibovning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasini Melenchuk ushlab oldi
7. Merzlyakov chap qanotda jarima to'pi ishlab oldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni "lochinlar" himoyachilari qaytarib yuborishdi
5. Mezbonlar jarima to'pini amalga oshirishdi. Zarba noaniq ketdi
4. Ogohlantirish. "Navbahor". Alisher Samatov
3. Xavfli vaziyat! Mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Georgievning zarbasini Lobanov qaytardi. Biroq ungacha Erkinov hujumda qoida buzdi.
2. Uchrashuvdagi ilk zarbani SHerzod Karimov amalga oshirdi. Kuchsiz va noaniq zarba.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! "Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda. Ushbu uchrashuvni sizlar bilan birga Narzulla kuzatib boradi.
- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Fikrlar