So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  3 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

"Paxtakor" o'z uyida "Mashal"ni engdi Yangiliklar

"Paxtakor" o'z uyida "Mashal"ni engdi

Oliy liga 13-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Mashal" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

Paxtakor (Toshkent) – Mashal (Muborak) 3:1
19 iyun 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:30
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), N. Ro'zimov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: Stanislav Andreev 27, - 1:0 (Kaxi Maxaradze). Zafar To'raev 55, - 1:1 (Mikita Bukatkin). Kaxi Maxaradze 56, - 2:1. Stanislav Andreev 63, - 3:1 (Igor Sergeev)
Paxtakor: 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 4.Adnan Oraxovac, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Kaxi Maxaradze (c), 8.SHerzod Karimov (15.Javohir Sohibov, 48), 11.Igor Sergeev (18.Bahodir Pardaev, 67), 23.Aleksandr Merzlyakov, 4.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (10.Jamshid Iskandarov, 77), 29.Vladimir Kozak.
Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 6.Murod Xolmuhammedov, 9.Jaloliddin Masharipov, 20.Anvar Soliev.

Mashal: 1.Sanjar Quvvatov, 20.SHerzod Fayziev (c), 7.Jahongir Jiyamurodov, 18.Abbos SHodmonov, 4.Iqboljon Boboxonov, 13.SHahzod SHaymanov, 90.Zafar To'raev (16.Xolmurod Xolmurodov, 72), 55.Mikita Bukatkin (77.Doston Abdurahmonov, 89), 10.Jamshid Xasanov (25.Ixtiyor Toshpo'latov, 70), 27.Vladislav Ivanov, 70.SHohruh Dostonov.
Zaxira: 30.Botir Nosirov, 9.Humoyun Murtozaev, 88.Qahramon Bahodirov, 8.Abbos Omonov,

Ogohlantirishlar: Iqbol Boboxonov 38, Jahongir Jiyamurodov 69, Ixtiyor Toshpo'latov 73.

                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                               
YANGILASH

90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" o'z uyida "Mashal"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi

90. Asosiy vaqtga uch daqiqa qo'shib berildi
 
89. O'zgarish. "Mashal". Mikita Bukatkin o'rniga Doston Abdurahmonov tushdi

85. "Mashal" hisobni qisqartirishga urinmoqda va hujumlar qilmoqda

80. O'yin tempi u qadar yuqori emas

77. O'zgarish. "Paxtakor". Stanislav Andreev o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

74. Andreev jarima to'pini amalga oshirdi. To'pni Quvvatov qaytardi

72. O'zgarish. "Mashal". Zafar To'raev o'rniga Xolmurod Xolmurodov tushdi

70. O'zgarish. "Mashal". Jamshid Hasanov o'rniga Ixtiyor Toshpo'latov tushdi

69. Ogohlantirish. "Mashal". Jahongir Jiyamurodov

67. O'zgarish. "Paxtakor". Igor Sergeev o'rniga Bahodir Pardaev tushdi

65. Sergeevning pasidan so'ng Andreev jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'p himoyachilardan biriga tegib darvozaga kirib ketdi - 3:1

63. GOOOOOOOOOOOOOL! 3:1. Stanislav Andreev

60. Dostonovning zarbasini Lobanov ushlab oldi

58. Maxaradze Fayzievning xatosidan so'ng gol urishi mumkin edi. U zarba bera olmadi

56. Jarima to'pidan so'ng yana Quvvatov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, Kaxi o'ziga kelgan to'pni osongina darvozaga yo'lladi - 2:1

56. GOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:1. Kaxi Maxaradze

55. O'ng qanotdan Bukatkin to'pni jarima maydoni yoniga uzatdi, Zafar To'raev chap oyoqda kuchli zarba bilan super gol urdi - 1:1.

55. GOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1 Zafar To'raev!

54. ZARBAAAA! Andreev jarima to'pini amalga oshirdi, Quvvatov to'pni qaytarib qo'lidan chiqarib yubordi, Oraxovac yaqin masofadan ustunni nishonga oldi, Maxaradzening zarbasi nishonga etib bormadi

50. "Paxtakor"ning hujumi, Merzlyakov, Maxaradze faol o'ynashdi, biroq himoyachilar to'pni qaytarishdi

48. O'zgarish. "Paxtakor". SHerzod Karimov o'rniga Javohir Sohibov tushdi

47. "Mashal" futbolchilari ikkinchi bo'limni hujumkor tarzda boshlashdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45+1. Dastlabki bo'lim tugadi

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

42. Krimec va To'raev to'qnashib ketishdi. O'yinda to'xtalish yuzaga keldi

41. Andreev noaniq zarba berdi

38. Ogohlantirish. "Mashal". Iqbol Boboxonov

32. "Paxtakor" katta kuch bilan hujum qilmoqda, "Mashal" esa qarshi hujumda o'ynamoqda

28. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumi, Merzlyakov-Maxaradze-Andreev kombinaciyasini Stas aniq yakunladi - 1:0

28. GOOOOOL! 1:0 Stanislav Andreev

22. Akbar Ismatullaevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi yo'liga Bukatkin to'g'anoq bo'ldi

17. Zafar To'raevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

12. Jarima to'pini himoyachilar qaytarib yuborishga erishishdi.

11. Bukatkin Maxaradzeni jarima maydoni yonida yiqitdi.

8. "Mashal"ning qarshi hujumini Lobanov qaytardi. Javob hujumida SHerzod Karimovning kuchsiz zarbasini Quvvatov egallab oldi

6.ZARBAAA! Merzlyakov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Maxaradzening boshi bilan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytardi

2.ZARBAAAA! USTUN! SHoxrux Dostonovning kuchli zarbasi ustunga tegib maydonni tark etdi

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика