"Paxtakor" oltin medallar bilan taqdirlandi
30 dek 2015 11:35
Yangiliklar


"Paxtakor" oltin medallar bilan taqdirlandi
"Versal" restoranida o'tgan tadbirda jamoamizga oliy ligada qo'lga kiritilgan 11-oltin medallar topshirildi. PFL bosh direktori Farhod Magometov futbolchilar, murabbiylar shtabi va xodimlarga medallarni taqdim etdi.
Muxlislar tomonidan o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli gol mualliflari aniqlandi. Saytimizda o'tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko'ra, Igor Sergeev eng yaxshi futbolchi deb topildi. SHerzod Karimovning "Lokomotiv" darvozasiga 45 metrlardan kiritgan to'pi esa "Paxtakor"ning 2015 yilgi eng chiroyli goli deb etirof etildi. Har ikki futbolchiga ishqibozlar sovg'alari topshirildi.
Klub tomonidan yil davomida hamkorlik qilgan kompaniyalar va OAVga minnatdorchilik sifatida faxriy yorliqlar taqdim etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar