So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  2 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

“Paxtakor” nomini eshitganda etlarim jimirlab ketadi”. Sadriddin Abdullaevni tabriklaymiz Yangiliklar

“Paxtakor” nomini eshitganda etlarim jimirlab ketadi”. Sadriddin Abdullaevni tabriklaymiz

Bugun Toshkentning “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Sadriddin Abdullaev o'z tavallud kunini nishonlamoqda.

Mahoratli yarim himoyachi 35 yoshni qarshi oldi.

Futbolchi sifatida uning ilk bor ko'zga tashlanishi 2002 yil Birlashgan Arab Amirliklaridagi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga to'g'ri keladi. O'shanda Dilshod Nuraliev murabbiyligidagi o'smirlarimiz o'z yosh toifalarida birinchi marotaba qita turnirida ishtirok etayotgandi. Mazkur musobaqada debyutant hisoblangan O'zbekiston sensaciya ko'rsatgan holda turnirni to'rtinchi o'rinda yakunlaydi. O'sha payt Jahon chempionatiga faqat uchta o'rin berilgani sababli futbolchilarimiz mundialdan quruq qolishgandi. Lekin, ilk ishtirok uchun bu juda yaxshi natija edi. Ushbu termada Vitaliy Denisov, SHavkat Salomov, Farhod Tojievlar bilan birga Sadriddin Abdullaev ham to'p tepgan.


“Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Sadriddin Abdullaev dastlab o'rinbosarlar jamoasida o'zining mahoratini namoyish qilishga intiladi. Uning bu harakatlari samarasiz ketmaydi va oradan malum vaqt o'tgach asosiy tarkibga kiritiladi. Bu orada Pekin-2008 Olimpiyadasi saralashida qatnashayotgan Abramov ustozligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasiga ham taklif etiladi va bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushadi. “Paxtakor”dagi kuchli raqobat sabab 2007 yilda Farhod Tojiev bilan birgalikda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga ijara asosida yo'l oladi. Bilsangiz, 2007 yilning boshida jamoaga turkmanistonlik murabbiy Tachmurod Agamurodov boshchi etib tayinlangan, klub oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygandi. Sadriddin Abdullaev samarqandliklar tarkibida o'tkazgan ikki mavsumida o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi, “Dinamo”ning hozirgacha eng yaxshi ko'rsatkichi bo'lib turgan 5 va 6 o'rinlarni egallashida katta hissa qo'shdi.


2009 yilda faoliyatida ilk bor legionerga aylandi va Xitoyning “CHang CHung Yatay” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Lekin, o'zbekistonlik futbolchiga tajribasizlik pand berdi shekilli chin yurtidagi o'yinlari muvaffaqiyatli chiqmadi. Keyingi ikki yil ichida “SHo'rtan”, “Lokomotiv” jamoalari sharafini himoya qildi. 2012-2014, 2016-2018 yillarda “Lokomotiv” jamoasi bilan O'zbekiston kubogi, mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi, 2016 yilgi mavsumda OCHLda yarim final ostonasigacha etib bordi.



O'tgan mavsum avvalida qadrdon jamoasi “Paxtakor”ga qaytdi. Hozirda jarohatidan forig' bo'lib tiklanish jarayonini o'tkazayotgan futbolchini tez orada yana yashil maydonda ko'rishimizga umid qilib qolamiz.

Futbolchi intervyularini birida “sherlar” haqida shunday degandi. "Paxtakor" jamoasi doimo meni yuragimda. CHunki, futbolchi sifatida men shu erda tarbiyalanganman, tahsil olganman. Futbol nonini shu erda topganman. SHu boisdan ham "Paxtakor" nomini eshitganda etlarim jimirlab ketadi. Bu jamoani chin yurakdan juda yaxshi ko'raman”.

Fursatdan foydalanib saytimiz ijodkorlari nomidan Sadriddin Abdullaevga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика