So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" "Атлетико"га бир неча таклиф жўнатди  0 00:31Нани "Актобе"да қанча маош олади?  2 00:10"Ливерпуль" футболчиси "Тоттенхэм"га ўтишга яқин  1 23:49"Барселона" Ферминнинг агентлари билан музокаралар ўтказди  1 23:30Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Сербия жамоасига мағлуб бўлди  0 23:17"Арсенал" футболчисини "Марсель"га ижарага берди  1 23:14"Ғазалкент" ва "Каттақўрғон" жамоалари назорат ўйини ўтказди  2 22:59U-23 Осиё Кубоги. Вьетнам Жанубий Кореяни мағлуб этиб, бронза медалларига эга чиқди  0 22:43"Металлург" қайтди! Бу қандай эълон қилинди?  0 22:29"Актобе" Халкни ҳам жамоага олиб келиши учун қанча маош тўлаши керак эди?  3 21:59Эрон. "Истиқлол" дуранг ўйнади, Ашурматов тўлиқ ўйин ўтказди  0 21:29Назорат ўйини. ОКМК Дубайда Жанубий Корея чемпионини мағлуб этди  5 20:58Арне Слот Жеррарднинг танқиди ҳақида гапирди  3 20:32Альваро Арбелоа: "Мен шу йўл орқали футболчиларнинг садоқатини кўрмоқчиман"  4 19:52"Рома" Зиркзее учун курашни давом эттирмоқда  0

"Paxtakor" - "Neftchi". Uchrashuv prevyusi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Neftchi". Uchrashuv prevyusi

Oliy liganing 17-turida "Paxtakor" Toshkentda "Neftchi"ni qabul qiladi.

Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to'qnashuvi eng principial qarama-qarshilik sifatida etirof etiladi. Har ikki klub o'zaro o'yinlarda bir-biridan eng ko'p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.

Jamoalar oliy ligada 51 o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 23 g'alaba, 8 durang va 20 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 81 to'p kiritgan "sherlar" 66 to'p o'tkazib yuborishgan.

Klublar O'zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o'tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug'i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to'qnashuvi ro'y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g'alabasi 6:1, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do'rmonov o'zaro uchrashuvlarda 12 to'p kiritgan. SHuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o'yinchi sanaladi.

Bellashuvni Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga Alisher Usmonov va Timur Gaynulin yordam berishadi.

"PAXTAKOR" – "NEFTCHI

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), SHavkat Nasibullaev (Namangan).

Nazoratchi: Gali Imomov (Toshkent).

Yoshlar tarkiblari bahsi "Jar" stadioni kichik maydonida 11 avgust, juma kuni 17:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini 12 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 19:00da start olishi rejalashtirilgan.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика