"Paxtakor": Navbatdagi raqib "Terek"
03 fev 2014 14:10
Yangiliklar

"Paxtakor": Navbatdagi raqib "Terek"
4 fevral, seshanba kuni "Paxtakor" nazorat bahsida "Terek" bilan bellashadi.
Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi sanalgan Grozniy shahri klubi 1958 yil tashkil etilgan. 2004 yil Rossiya Kubogini qo'lga kiritgan jamoa ayni paytda yuqori ligada Rashid Rahimov qo'l ostida ishtirok etmoqda. Joriy mavsumda grozniyliklar premer-ligada qolish uchun kurash olib borishyapti. Rasmiy bellashuvda jamoalar 4 bor to'qnash kelishgan. 1976 va 1977 yillarda Sobiq Ittifoq birinchi ligasida bo'lib o'tgan 4 bahsning 3tasida "Paxtakor" zafar quchgan, bir bellashuvda durang qayd etilgan. 2010 yilgi nazorat o'yini esa 2:2 hisobida yakunlangan.
"Paxtakor" Antaliyada mashg'ulotlar o'tkazishni davom etmoqda. Futbolchilar har kuni tayyorgarlikni yaxshilash ustida murabbiylar shtabi bilan ish olib borishmoqda. Kichik jarohat olgan Boyan Miladinovich "Yagelloniya" bilan o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Qolgan futbolchilarning holati yaxshi. "Terek" bilan o'yin seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar