"Paxtakor" "Nasaf"ni 5 ta o'yindan beri mag'lub eta olmayapti. SHackix Berdievdan ustun keladimi?
10 avg 09:10
Yangiliklar
"Paxtakor" "Nasaf"ni 5 ta o'yindan beri mag'lub eta olmayapti. SHackix Berdievdan ustun keladimi?
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bugun Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi.
"SHerlar" Superliga doirasida so'nggi 5 ta o'yinda raqibini mag'lub eta olayotgani yo'q. Jamoa oxirgi marotaba 2021 yil Piter Xyuistra boshchiligida qarshiliklardan ustun kelgan. Keyingi 5 ta o'yinning 4 tasida murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 1 ta bahsda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari g'alabani tantana qilgan.
10.03.2021. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0
07.05.2022. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0
02.10.2022. "Paxtakor" - "Nasaf" 0:1
15.08.2023. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0
03.11.2023. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:1
08.03.2024. "Paxtakor" - "Nasaf" 0:0
Bugun kim 3 ochkoga ega chiqadi?
Fikrlar