"Paxtakor" - "Nasaf". Roy Rokning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida
26 iyu 2015 00:57
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Nasaf". Roy Rokning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida
"Nasaf"ning sloveniyalik himoyachisi Roy Rok jarohati bois "Dinamo"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida o'zgartirilgan edi.
Roy Rokda kichik jarohat mavjud edi. Futbolchi o'tgan turda "Dinamo" bilan o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagan edi. Biroq futbolchi oyog'larida og'riq sezgani uchun ikkinchi bo'limda o'zgartirilgandi.
Roy Rok "Paxtakor" bilan bo'ladigan bellashuvda jamoasiga yordam berishi hozircha so'roq ostida turibdi.
Futbolchi bilan bog'langanimizda o'z holati bo'yicha shunday dedi: "Hozircha maydonga tushishim aniq emas. "Paxtakor" bilan bo'ladigan uchrashuvda ishtirok etish-etmasligim 50/50", - deydi "Nasaf"ning sloveniyalik himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, bugun "Paxtakor" stadionida Oliy liganing 14-tur markaziy bahsi "Paxtakor" - "Nasaf" o'yini bo'lib o'tadi.
Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Fikrlar