"Paxtakor" - "Nasaf". Prevyu
03 apr 2019 12:01
Yangiliklar
CHempionatlar doirasida klublar 44 bor to'qnash kelishgan. "SHerlar" 25 bellashuvda zafar quchishgan, 9 o'yinda "Nasaf" g'olib chiqqan. 10 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan. “Paxtakor” 66 gol urib, darvozasidan 38 to'p olib chiqqan. Oxirgi yillarda ular o'rtasidagi bellashuvlar keskin ahamiyat kasb etmoqda. SHu sababli bizni yana bir qiziqarli o'yin kutib turibdi desak adashmaymiz. "Nasaf" hozircha chempionatda mag'lubiyatga uchramadi va 4 ochko to'plashga erishdi.
O'z maydonidagi o'yinlarda “Paxtakor” 18 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Har ikki jamoaning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 4:0dan iborat ekani etiborga molik. Uchrashuvni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradigan futbolchilar yo'q.
"Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuv 5 aprel, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar