"Paxtakor" muxlislari bilan Bekobodga borishni istovchilar diqqatiga
18 apr 2018 14:19
Yangiliklar


"Paxtakor" muxlislari bilan Bekobodga borishni istovchilar diqqatiga
"Paxtakor" jamoasining keyingi uchrashuvi 19 aprel, payshanba kuni Bekobod shahrida bo'lib o'tadi.
Uchrashuvga bormoqchi bo'lgan barcha "Paxtakor" jamoasining sodiq muxlislari uchun jamoa rahbariyati tomonidan maxsus avtobuslar tashkil etildi.
Bekobod shahriga borib kelish bepul. Payshanba kuni fan-klub bilan Bekobod shahriga borib "Paxtakor"ga muxlislik qilishni xohlovchilar quyidagi telefon raqamiga qung'iroq qilib ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
+99894 683 06 01
Bekobod shahriga jo'nab ketish vaqti: 14:00. Barcha muxlislar "PAKHTAKOR FOOD" oldida yig'adi va avtobus soat 14:30da Bekobod sari jo'nab ketadi.
Yig'ilish joyi manzili:
"Paxtakor" Markaziy stadionining Islom Karimov oldingi (O'zbekiston) ko'chasdan kirish tarafida joylashgan "PAKHTAKOR FOOD" oldida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar