"Paxtakor": Muhim o'yin
22 apr 2015 11:11
Yangiliklar


"Paxtakor": Muhim o'yin
Bugun jamoamiz Tehrondagi "Ozodi" stadionida "Naft" bilan muhim uchrashuvda maydonga tushadi.
G'alaba "Paxtakor"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yaxshilaydi, durang natija barchasini oxirgi turga qoldiradi. Kecha o'yindan avval o'tkazilgan mashg'ulotda Eronga yo'l olgan futbolchilar o'yinga tayyorgarlik holatini yaxshi ko'rinishga keltirishga harakat qilishdi. Murabbiylar shtabi boshchiligida raqib o'yiniga doir barcha malumotlar ko'rib chiqildi. Bugun Kaxi Maxaradze va Jamshid Iskanderov maydonga tusha olmasa-da, jamoamizning ijobiy natijaga erishishini kutib qolamiz. "Paxtakor" bugun oq rangli liboslarda maydonga chiqsa, mezbonlar sariq liboslarda harakat qilishadi.
Umid qilamizki, jamoamiz ijobiy natijaga erishgan holda muxlislarga quvonch bag'ishlaydi.
Umid qilamizki, jamoamiz ijobiy natijaga erishgan holda muxlislarga quvonch bag'ishlaydi.

Fikrlar