"Paxtakor" keksalarni ezozlaydi
17 apr 2015 14:37
Yangiliklar
"Paxtakor" keksalarni ezozlaydi
"Paxtakor" futbol klubi "Keksalarni ezozlash yili" davlat dasturi asosida jamoa faxriylarini taqdirlab borishni yo'lga qo'ydi.
2015 yil yurtimizda "Keksalarni ezozlash yili" deb elon qilingan. Klubimiz jamoa uchun mehnat qilib, muvaffaqiyatlarga hissa qo'shgan hamda uning shakllanishida faollik ko'rsatgan faxriylarni taqdirlab borishni yo'lga qo'ydi. "Paxtakor" - "SHo'rtan" jamoalari o'yini tanaffus paytida "Paxtakor" safida sobiq Ittifoq chempionatlarida 358 uchrashuvda maydonga tushib, 130 gol muallifiga aylangan, 1968 yil oliy ligada to'purarga aylangan va mamlakatning eng yaxshi 33 futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan Birodar Abduraimovga klub tomonidan esdalik sovg'asi sifatida televizor taqdim etildi. Yuqori texnikasi evaziga "Paxtakor" muxlislariga xursandchilik ulashgan Abduraimov klubimiz va o'zbek futboli afsonalaridan biri hisoblanadi. Umid qilamizki, yosh futbolchilarimiz undan o'rnak olishga intilib, kelajakda u singari ishqibozlar mehrini qozonishadi.
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar