"Paxtakor": Jamoamiz o'yinga tayyor
17 fev 2016 08:47
Yangiliklar


"Paxtakor": Jamoamiz o'yinga tayyor
Bugun O'zbekiston Superkubogi uchun bellashuvda "Paxtakor" "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv oldidan har ikki jamoa "Bunyodkor" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar unda ishtirok etishdi.
Bellashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Soat 15:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadigan bellashuvga ishqibozlarimizni taklif etib qolamiz. Muxlislarimiz uchun stadionning 3-sektoridagi "E" va "F" bo'limlari ajratilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar