"Paxtakor": Jamoamiz mashg'ulotlarga qaytdi
21 dek 2016 10:59
Yangiliklar
"Paxtakor": Jamoamiz mashg'ulotlarga qaytdi
"Paxtakor" stadionida futbolchilar ilk mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulotdan avval yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi qanday o'tishi haqida murabbiylar shtabi malumot berib o'tdi. Dastlabki yig'in 20-29 dekabr kunlari Toshkentda o'tkaziladi. 27 dekabrda futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi. 29 dekabr kuni birinchi nazorat bahsi bo'lib o'tadi. Raqib nomi keyinroq malum bo'ladi.
Yig'inning ikkinchi qismi 3-14 yanvar kunlari Toshkentda, 15-30 yanvar kunlari BAAning SHarja amirligida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Birinchi yig'inda qatnashayotgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha:
Aleksandr Lobanov, Nikita Ribkin, Botir Ergashev, Umid Hamroev, SHohrux Raimov, Kamoliddin Tojiev, Davron Hoshimov, Abbos Otaxonov, Oston O'runov, Jamshid Boltaboev, Georgiy Ahmedov, Hojiakbar Alijonov, Xushnud Avilov, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, Alisher Mirzaev, SHerzod Karimov, Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Temur Tolipov, Aziz Suyunov, Saidjamol Davlatjonov, Doston Ibrohimov, Jasur Yaxshiboev, Suhrob Nurullaev, Jamshid Yusupov, Igor Sergeev, Jasur Hakimov, Andrey Sidorov, Navro'z Olimov.
Adnan Oraxovac yanvar oyi boshida mashg'ulotlarga qaytadi. "Beyjing Guan" himoyachisi Egor Krimec jismoniy holatini saqlash maqsadida mashg'ulotlarimizda qatnashib turadi.
Fikrlar