"Paxtakor" ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi
07 jan 2021 18:15
Yangiliklar


"Paxtakor" ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi
2020 yil "Paxtakor" sharafini himoya qilgan ikki futbolchining shartnomasi yakuniga etgani sababli hamkorlik to'xtatildi.
"Sadriddin Abdullaev uzoq yillik tanaffusdan keyin qadrdon jamoasiga qaytib, ikki mavsum mobaynida "SHerlar" safida to'p tepdi. Jarohatlar sababli ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan Sadriddin 22 bahsda maydonga tushdi.
Javohir Sidiqov so'nggi ikki mavsumda jami 33 o'yinda maydonga tushib, 5 gol muallifiga aylandi. Har ikki o'yinchiga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi ishlariga omad tilab qolamiz", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar