So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

"Paxtakor" Ibrohimhalil Yo'ldoshev Rossiya klubiga o'tganini elon qildi Yangiliklar

"Paxtakor" Ibrohimhalil Yo'ldoshev Rossiya klubiga o'tganini elon qildi

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettriradi.

"Paxtakor" va "Nijniy Novgorod" klublari futbolchini Rossiyaga transfer qilish borasida kelishuvga erishdi. Yo'ldoshev "SHerlar" tarkibida jami 18 o'yinda 2 gol urgan.

Futbolchining o'zi "Paxtakor" bilan xayrlashishi haqida ushbu fikrlarni bildirdi:

- Assalomu alaykum. Faoliyatimda yangi bosqich boshlanmoqda. Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasiga o'tyapman. Bu men uchun yangi sinov. O'zim uchun oson bo'lmagan qarorga keldim, ammo bu faoliyatimni davom ettirish uchun uning to'g'ri ekaniga ishonaman. Hozir menga jahondagi eng ajoyib muxlislar sanalgan "Paxtakor" ishqibozlarining qo'llab-quvvatlashi har qachongidan ham zarur. Toshkentda sizlarning qo'llashingizni his qildim. Va uni qadrdon O'zbekistondan minglab kilometr uzoqda ham his qilaman. Barchasi uchun rahmat! G'amxo'rligi uchun klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, barcha xodimlar, jamoadoshlarim, do'stlarim va akademiyada menga katta futbolga yo'l bergan murabbiylarimga minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"dagi yillar men uchun eng yaxshi davrga aylandi. Ko'magingizni doim yodda tutaman va bir kun kelib qadrdon jamoamga qaytishimga ishonaman.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика