"Paxtakor" Germaniyaning "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin
08 iyu 2023 18:50
Yangiliklar
"Paxtakor" Germaniyaning "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin
"Championat.asia" malumotlariga ko'ra, Germaniyaning "Kayzerslautern" yoshlar jamoasi futbolchisi Kimi Merk "Paxtakor" tarkibini to'ldirishi mumkin.
19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Germaniyada tug'ilgan va "Kayzerslautern" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning otasi – qirg'izistonlik, shuning uchun Merk 2023 yildan beri Qirg'iz Respublikasi yoshlar terma jamoasida o'ynab kelmoqda. Mart oyida u U-20 Osiyo Kubogida mamlakat terma jamoasi tarkibida maydonga tushdi.
SHuningdek, Kimi U-23 terma jamoasida ham o'ynagan va yaqinda Qirg'iziston MTJdan chaqiruv oldi.
Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida.
Fikrlar