"Paxtakor" futbolchisi "Qizilqum"ga ijaraga berildi
23 fev 16:19
Yangiliklar
"Paxtakor" futbolchisi "Qizilqum"ga ijaraga berildi
O'zbekistonda transfer oynasi 24 fevral kuni yopiladi.
"Paxtakor"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi SHahzod Rahmatullaev "Qizilqum"ga ijaraga berildi", - deb yozadi Narzulla Saydullaev telegramdagi kanalida.
2003 yilda tug'ilgan futbolchi o'tgan mavsum ikkinchi davrada "Turon"da ijarada o'ynadi. Yaypan klubi safida barcha musobaqada 8ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rahmatullaev 2023 yil mart oyida O'zbekistonda o'tgan U-20 Osiyo kubogida chempion bo'lgan edi.
Fikrlar