"Paxtakor" futbolchisi "Jenoa"ga o'tishi kutilmoqda

Alisher
3 iyul 2021, 14:58
Italiya A Seriyasiga yana bir o'zbekistonlik futbolchi yo'l olishi mumkin.

Rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyanning ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi o'yinchisi IbrohimHalil Yo'ldoshevni "Jenoa" xarid qilmoqchi.

20 yoshli himoyachining transferi yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Muzokaralar bilan ProSportsManagement va Valerio Juffrid shug'ullanmoqda - aynan ular Shomurodovning "Jenoa"ga o'tishida ishlashgan edi.

Ammo, Yo'ldoshev 2021/22 yilgi mavsumni "Syon"da o'tkazadi. Bu Italiyaga Yevropa Ittifoqi tashqarisidan legionerlar qo'shilishi bilan bog'liqdir. Genuya klubi rahbariyati Shveytsariyadagi bir yil Yo'ldoshevning foydasiga xizmat qiladi deb hisoblamoqda - u Yevropaga moslashadi, tilni o'rganadi va 2022 yilda Genuyaga yo'l oladi.

Yana bir ma'lumot: "Jenoa" yozda Eldor Shomurodovni sotmoqchi emas. Klub Genuyadagi yana 6 oy o'zbekistonlik futbolchining narxi ko'tarilishi mumkin degan qarorga keldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: t.me/nobel_arustamyan