So’nggi yangiliklar

18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  98 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  6

"Paxtakor" futbolchilarida charchoq alomatlari bor. Bugun ko'p gol ko'ramiz". No'mon Hasanov bugun qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi Yangiliklar

"Paxtakor" futbolchilarida charchoq alomatlari bor. Bugun ko'p gol ko'ramiz". No'mon Hasanov bugun qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

Superliganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga qiziqish katta, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Mana shunday qiziqarli o'yinlar olididan hammada turlicha taxminlar va fikrlar yuzaga keladi. Malumot o'rnida takidlash joizki, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari joriy mavsum Superliga doirasida hali safarda mag'lubiyatga uchragani yo'q. "Paxtakor" esa bir yarim oylik tanaffusdan so'ng o'z maydonida o'yin o'tkazadi. Ikki jamoa shu kunga qadar 30 bor o'zaro to'qnash kelishgan bo'lib, ularning 18tasida "sherlar"ning qo'li baland kelgan. 7ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. 5ta o'yinda "Qo'qon-1912" g'alabani tantana qilgan. Yaqinda xabar berganimizdek "shunqorlar" 2015 yildan beri safarda "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti.

Yuqorida tilga olingan faktlardan ham bilsa bo'ladiki, mazkur uchrashuv ikki jamoa uchun ham muhimlik darajasini yo'qotmaydi. Biz esa qiziqarli va shiddatli o'tishi kutilayotgan bahsdan oldin o'z vaqtida mana shu ikki klubda faoliyat olib borgan No'mon Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik. Malumot o'rnida aytib o'tish joiz murabbiy 2015 yilning ikkinchi yarimi va 2016 yilning birinchi yarimida "Paxtakor", 2016 yilning ikkinchi davrasi va 2019 yilning birinchi davrasiga qadar "Qo'qon-1912" jamoasini boshqargan. 


"Oldindan bir narsani aytishim kerakki, bugun qiziqarli o'yin guvohi bo'lamiz. Ikki jamoa ham chiroyli va kombinacion o'yin ko'rsatmoqda. Bugun "Paxtakor" o'z muxlislari qarshisida ochiq futbol ko'rsatishini taxmin qilyapman. Qolaversa "Qo'qon-1912" ham g'alaba uchun harakat qiladi. Ularning tarkibida hujumkor o'yin namoyish qiladigan futbolchilar yig'ilgan. Menimcha ko'p gol ko'ramiz. To'g'ri maydon egalari kuchli. Biroq futbolchilarida charchoq alomatlari bor. Buning sababi esa so'nggi paytlarda ko'p o'yinlar o'tkazganidadir. "Qo'qon-1912"da esa o'yinni o'z qo'liga oladigan ijrochilar ko'p. Murod Holmuhammedov standart vaziyatlarda yana o'zini ko'rsatsa ajab emas. SHuningdek darvozabon Muzaffar Abdullaev bu yil o'z darvozasidan kam gol o'tkazdi. Ayni payt Qo'qondaman. Albatta "Qo'qon-1912"ga muxlislik qilaman",- deydi No'mon Hasanov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика