So’nggi yangiliklar

09:00Криштиану Роналду самарадорлигининг учта сирини ошкор қилди  2 08:31Аббосбек Файзуллаев айни вақтда ЦСКАдаги мотивацияси нима эканлигини маълум қилди  0 08:04Тен Хаг МЮнинг АПЛнинг янги мавсумидаги илк учрашувидан сўнг нималар деди?  1 07:33ОЧЛ-2. "Насаф"нинг ўйинлар тақвими билан танишинг  3 04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  11 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  2 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   2 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2

“Paxtakor” futbolchilari faxriylar bilan uchrashishdi Yangiliklar

“Paxtakor” futbolchilari faxriylar bilan uchrashishdi

Bugun “Paxtakor” futbol klubining tashabbusi bilan klub futbolchilari hamda turli yillarda “Paxtakor”da to'p surgan futbol faxriylari o'rtasida o'ziga xos uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi terma jamoamiz bilan Inchonga yo'l oladigan futbolchilarga oq yo'l tilash bo'ldi.

Tadbirga o'zbek futboli faxriylaridan Narimov Jalolov, Vilgelm Qahhorov, Ravshan Yunusov, Vladimir SHtern, Ahrol Inoyatov va To'lagan Isoqov kabi mutaxassislar tashrif buyurishdi. “Paxtakor” futbolchilaridan esa Nikita Ribkin, Igor Sergeev, Egor Krimec, Jamshid Iskanderov, Akbar Ismatullaev va Vladimir Kozak tadbirga kelishdi.

Dastlab “Paxtakor” futbol klubi bosh menejeri Samvel Babayan so'zga chiqib, avvalo vaqt topib kelishgani uchun futbol faxriylariga minnatdorchilik bildirdi. SHundan so'ng Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoamizga hamda bu musobaqaga boradigan “Paxtakor” o'yinchilariga omad tiladi. SHundan so'ng faxriylar ham so'z olishdi.  

Narimov Jalolov: “Hozir 84 yoshdaman. Umrimning asosiy qimi “Paxtakor” bilan bog'liq bo'ldi. Hamma o'tadi-ketadi, lekin “Paxtakor” umrbod qoladi. Sizlar bu klubning buguni va ertasisizlar. SHunday ekan, “Paxtakor”ning har doim qadriga etinglar. Osiyo o'yinlariga oy borib omon qaytinglar. G'alaba bilan qaytib kelish nasib qilsin”.

Ahrol Inoyatov: “Men bu yigitlarni 7-8 yildan beri bilaman. Bu futbolchilarda salohiyat katta. Ularga omad tilayman. Sizlar yarmarkaga ketyapsizlar. O'zlaringizni ko'rsatsangiz, chet el jamoalariga eshik ochilishi mumkin”.

To'lagan Isoqov: “Men “Paxtakor”ga har doim sodiq qolganman. O'z vaqtida menga hatto Moskvaning CSKAsidan ham taklif bo'lgandi, lekin shu erda qolishni afzal bilganman. Sizlar hozirgi “Paxtakor”ning yuzi va buni hech qachon unutmanglar”.

Ravshan Yunusov: “Samvel Babayanga rahmat, jamoani vaqtida yangilab sizdek yoshlarga imkoniyat yaratib berdi. Endi maydon sizlarniki! Osiyo o'yinlari katta turnir hisoblanadi. Bunda futbol alohida ahamiyat kasb etadi. Sizlardan talab qilinadigani faqat g'alaba qozonish. SHuni aslo unutmanglar”.

Vladimir SHtern: “Sizlarga shunday musobaqada ishtirok etish mimkoniyati berildi. Futbolda omad juda zarur. SHunday ekan, omad tilab qolaman”.

Vilgelm Qahhorov: “Maydonga tushgandan keyin eng kerakli narsa xarakter ko'rsatish hisoblanadi. O'yin boshlanganidan so'ng xarakter ko'rsatishni unutmanglar. Agar xarakterli jamoaga aylana olsak, bizni hech kim mag'lub eta olmaydi”.

Sadulla aka (futbol muxlisi): “Sizlarga musobaqa paytida 30 million xalqimizning nigohi Sizlarga qarab turgan bo'ladi. SHuni his qilgan holda o'ynanglar. Doim omad yor bo'lsin”.

O'z navbatida futbolchilar ham so'zga chiqib, faxriylarga tadbirga kelishgani uchun minnatdorchilik bildirishdi. Xususan Akbar Ismatullaev terma jamoa bundan 20 yil oldingi natijani takrorlashga harakat qilishini, buning uchun hamma sharoit mavjudligini aytib o'tdi. Qolaversa, termamiz hujumchisi Igor Sergeev ham so'z olib, jamoamiz Osiyo o'yinlarida zafar quchishi uchun bor kuchini qo'shishini aytib o'tdi. Tadbir so'nggida futbolimiz faxriylari yana bir karra Inchondagi musobaqada ishtirok etadigan jamoaga va futbolchilarga omad tilashdi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика