"Paxtakor" futbolchilari bolalar ruhiy asab xastaliklari kasalxonasiga tashrif buyurishdi
01 iyu 2018 17:01
Yangiliklar


"Paxtakor" futbolchilari bolalar ruhiy asab xastaliklari kasalxonasiga tashrif buyurishdi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Paxtakor" o'yinchilari ruhiy asab xastaligiga uchragan bolalarni borib ko'rishdi.
Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Lobanov va Tiago Bezerra hamda klub xodimlari Umar Qurbonov nomidagi bolalar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasiga tashrif buyurishdi. Bugungi kunda 250 nafar bola shifo topayotgan kasalxonada futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda bolalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga futbolchilardan javob olishdi. Bunga javoban "Paxtakor" sardori Kamoliddin Tojiev ularga salomatlik tilagan holda klub tomonidan sovg'alarni taqdim etdi. "Paxtakor" futbol klubi bu erda shifo topadigan bolalar uchun suniy qoplamali futbol maydoni sovg'a qildi. Endi bolalar kasalxonaning o'zida futbol o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar