So’nggi yangiliklar

11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  8 11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  3 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  3 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  11 09:45Испания терма жамоаси футболчиси "Арсенал" билан келишувга эришди  9 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  11 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  11 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  3 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  7 01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  6 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  2 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  13

"Paxtakor" Elit CHempionlar ligasi o'yinlarini "Bunyodkor"da qabul qiladi Yangiliklar

"Paxtakor" Elit CHempionlar ligasi o'yinlarini "Bunyodkor"da qabul qiladi

"Paxtakor" stadioni xalqaro uchrashuvlarni o'tkazish talabiga javob bermaydi.

Stadion tribunalari avariya holatida ekanidan kelib chiqib, 2023 yilning 9 aprel kuni tribunalarning taxminan 70 foizi qismiga muxlislar kiritilmasligi bo'yicha qaror qabul qilingandi.

SHu yil sentyabr oyidan boshlab OFK yangi formatdagi Elit CHempionlar ligasi o'yinlarini boshlaydi. Unda O'zbekiston sharafini mamlakatning amaldagi chempioni sifatida "Paxtakor" himoya qiladi.

OFK platformasiga "Paxtakor" uy uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadion sifatida "Bunyodkor" arenasini yuklashga majbur bo'ldi. Kuz faslidagi uch oy davomida bir qator yulduzlar Toshkentga tashrif buyurishi mumkin. Ayni vaqtda poytaxtda ko'plab futbol muxlislarini sig'dira oladigan va xalqaro talabga javob beradigan stadion "Bunyodkor" hisoblanadi.

"Bunyodkor" klubidan tashqari bu arenada "Lokomotiv" Superliga uchrashuvlarini o'tkazadi. SHuningdek, FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham undan foydalanadi. Liga uchrashuvlar taqvimini shakllantirishda stadion maysasiga nafas rostlash imkonini berish ustida ham ishlaydi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика