"Paxtakor" chorak finalda kim bilan o'ynashini qura hal qiladi
27 sen 2020 00:49
Yangiliklar
"Paxtakor" chorak finalda kim bilan o'ynashini qura hal qiladi
Osiyo chempionlar ligasi g'arb mintaqasida hal qiluvchi palla yaqinlashmoqda.
Biroz oldin O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi Eronning "Istiqlol" klubini 2:1 hisobida mag'lub etib chorak finalga chiqdi.
Bugun Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi ham BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasini penaltilar seriyasida mag'lub etib chorak finalga yo'llanma olgandi.
Qolgan ikki o'yin 27 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Unda "Persepolis" - "Al Sadd" va "Al Nassr" - "Al Taavon" juftliklari to'qnash keladi.
CHorak final juftliklari esa qura yordamida aniqlanadi. Qura 28 sentyabr (dushanba) kuni Doha shahrida Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Malumot uchun, g'arb mintaqasida chorak finalning ikkala o'yini ham 30 sentyabr kuni Dohadagi "Jassim bin Hamad" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar