"Paxtakor" CHeran bilan shartnomani 2022 yil oxirigacha uzaytirdi
09 avg 2021 16:15
Yangiliklar
"Paxtakor" CHeran bilan shartnomani 2022 yil oxirigacha uzaytirdi
Serbiyalik legioner "Paxtakor" safida kelasi yil ham qoladi.
"Paxtakor" safida o'zining to'purarlik va etakchilik qobiliyatini namoyish etib, hozirgacha jami 73 gol muallifi bo'lgan Dragan CHeran jamoa bilan shartnomasi uzaytirdi. Endilikda u 2022 yil oxiriga qadar "SHerlar" safida o'ynashda davom etadi. Jamoa bilan hozirgacha ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan Dragan bundan keyin ham gollari va foydali harakatlari bilan yangi sovrinlarga ega chiqishda davom etishiga umid qilamiz. "Paxtakor" bilan olg'a qadam tashlashda davom et, Dragan!", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar