"Paxtakor" - "Bunyodkor". "Qaldirg'ochlar" safida ikkita yo'qotish
31 iyu 2021 09:37
Yangiliklar
"Paxtakor" - "Bunyodkor". "Qaldirg'ochlar" safida ikkita yo'qotish
Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati bo'lajak uchrashuv uchun jamoa qaydnomasini elon qildi. Undan Nurillo To'xtasinov va Suhrob Izzatov o'rin olmagan.
Sababi To'xtasinov 12-turda "Surxon" bilan bahsda mavsumdagi o'zining to'rtinchi sariq kartochkasi olgandi. Reglamentga ko'ra Nurillo bitta o'yinni o'tkazib yuborishi lozim. Suhrob Izzatov esa 11-turda "Qizilqum" bilan bahsda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan va kamida 2ta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bugun, 31 iyul kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Karantin talablariga ko'ra o'yinga muxlislar kiritilmaydi.
Fikrlar