"Paxtakor" bugun "Mashal"ni ikki marta mag'lub etdi
13 fev 2018 18:39
Yangiliklar
"Paxtakor" bugun "Mashal"ni ikki marta mag'lub etdi
Bo'limi 35 daqiqadan davom etgan har ikki bellashuvda "sherlar"ning qo'li baland keldi. Birinchi o'yinda Ismoil Gonsalvesh va Jamshid Iskanderov kiritgan ikki to'p "Paxtakor"ga g'alaba keltirdi. Portugaliyalik hujumchining gol urishiga Bezerra ko'maklashgan bo'lsa, Jamshid uzoq masofadan darvozani aniq nishonga oldi.
"Paxtakor" - "Mashal" - 2:0
"Paxtakor": Suyunov, Sayfiev, Simich, Azamov, SHorahmedov, Griffits, Rahmatullaev, Masharipov, Iskanderov, Bezerra, Gonsalvesh.
Gollar: Gonsalvesh 22, Iskanderov 67.
Ikkinchi o'yinda jamoalar boshqa tarkibda harakat qilishdi. Uning birinchi bo'limida darvozalarga gol urilmadi. Tanaffusdan so'ng "Paxtakor" raqib darvozasiga uch to'p kiritdi. Kamoliddin Tojiev, Jasur Hakimov va Bahrom Abdurahimov gol mualliflariga aylanishdi. SHunday qilib, ikkinchi bahsda ham jamoamiz raqib ustidan yutuqqa erishdi.
"Paxtakor" - "Mashal" - 3:0
"Paxtakor": Lobanov, Andreev, Kozak, Tojiev, Alijonov, Ahmedov, Ahmadov, Abdurahimov, Sindarov, Yaxshiboev, Hakimov.
Gollar: Tojiev 51, Hakimov 61, Abdurahimov 67.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar