"Paxtakor" BAAda: 9-kun, nazorat o'yinida g'alaba
24 fev 2018 01:28
Yangiliklar
"Paxtakor" BAAda: 9-kun, nazorat o'yinida g'alaba
Ummonning "SHabab" jamoasiga qarshi Al-Ayndagi "Tahnun Bin Muhammad" stadionida maydonga tushgan "sherlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 5-daqiqada Bezerra to'pni raqibdan olib qo'ygach, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan Gonsalvesh hisobni ochdi. Tanaffusgacha hisob o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'lim boshida raqib muvozanatni tikladi. SHundan so'ng tashabbusgi erishgan jamoamiz 84-daqiqada g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Ibrohimovning to'p oshirishidan keyin Hakimov gol muallifiga aylandi. SHu tariqa "Paxtakor" BAA yig'inidagi uchinchi nazorat bellashuvini ham yutuq bilan tamomladi.
SHanba kuni Dubaydan Toshkentga qaytadigan "Paxtakor" Superliganing 1-turiga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi.
"Paxtakor" - "Al-SHabab" - 2:1 (1:0)
"Paxtakor": Suyunov, Sayfiev (Andreev, 88), Simich (Tojiev, 80), Azamov, SHorahmedov, Iskanderov (Rahmatullaev, 57), Griffits, Masharipov (Ibrohimov, 75), Abdurahimov, Bezerra (Yaxshiboev, 55), Gonsalvesh (Hakimov, 75).
Gollar: Gonsalvesh 5, Hakimov 84.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar