So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Paxtakor" BAAda: 3-kun - nazorat o'yinida g'alaba Yangiliklar

"Paxtakor" BAAda: 3-kun - nazorat o'yinida g'alaba

Teglar :  Paxtakor
Dubaydagi yig'inning uchinchi kunida "sherlar" birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Raqib BAA yuqori ligasida ishtirok etuvchi "Al-Dafra" klubi bo'ldi. Ushbu jamoaga yanvar oyidan Igor Sergeev qo'shilgandi. Igor dastlabki daqiqalardan jamoamizga qarshi bellashuvda maydonga tushirildi.

"Jebel Ali" sport majmuasida o'tkazilgan o'yin mahalliy vaqt bilan 16:00da boshlanadi. SHota Arveladze dastlabki uchrashuvda 11 nafar futbolchini almashtirmasdan o'ynatishga qaror qildi. Bellashuv "Paxtakor"ning sezilarli ustunligi ostida kechdi. Griffits va Ahmedovning zarbalariga ozroq aniqlik etishmadi. 28-daqiqada Sayfiev chap qanotdan boshlagan hujumni davom ettirgan jamoamiz hisobni ochdi. Griffits yakuniy zarbani aniq berdi - 1:0. Bir necha daqiqadan keyin Abdurahimovning urinishi samarasiz chiqdi.

Ikkinchi bo'limda ham ustunligimiz sezilib turdi. 80-daqiqada Abdurahimovning bir raqibni aldab o'tib oshirgan to'pini Gonsalvesh yaqin masofadan darvozaga yo'lladi va hisobni 2:0ga etkazdi. Ushbu natija o'yin oxirigacha o'zgarmadi.


"PAXTAKOR" - "AL-DAFRA" - 2:0 (1:0)

17 fevral. Dubay. "Jebel Ali" maydoni.

"Paxtakor": Suyunov, Sayfiev, Azamov, Tojiev, SHorahmedov, Griffits, Ahmedov, Masharipov, Abdurahimov, Bezerra, Gonsalvesh.

Gollar: Griffits 28, Gonsalvesh 80.


Maydonga tushirilgan futbolchilar maxsus jismoniy test topshirishdi. O'yinchilarning jismoniy holatini yuqori darajaga chiqarish uchun shunday mashqlar tanadagi o'zgarishlarni nazorat qiluvchi maxsus apparatlar yordamida bajarilmoqda.

Kun yakunida 17 fevral kuni tug'ilgan kunini nishonlagan Tiago Bezerra va Dilshod Rahmatullaev jamoa tomonidan tabriklandi. SHunday qilib, "Paxtakor"ning BAAdagi uchinchi kuni yakunlandi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика