So’nggi yangiliklar

06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  0 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  1 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  33 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  47 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  15 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  87 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  2

"Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuviga borish uchun oltita sabab Yangiliklar

"Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuviga borish uchun oltita sabab

Ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsni stadiondan kuzatish uchun bir qator muhim sabablar bor.



Birinchidan, "Paxtakor" guruh bosqichini Tehronda "Persepolis"ga qarshi o'yin bilan boshladi. O'tgan mavsum OCHL finaliga chiqqan Eron klubi bilan bahsda ko'pchilik "sherlar" mag'lub bo'lishlarini taxmin qilgandi. Biroq amalda bunday bo'lmadi va "Paxtakor" ishonchli o'yin namoyish etib safardan muhim 1 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.




Ikkinchidan, "Al Ahli" nafaqat Saudiya Arabistonida balki Osiyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa 2012 yilda Osiyo chempionlar ligasi finalida o'ynagan. "Al Ahli" safida suriyalik mashhur hujumchi Umar Al Soma to'p tepadi. Uning o'yinini stadiondan turib kuzatish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.




Uchinchidan, bu o'yin SHota Arveladze va urugvaylik Xorxe Fossati to'qnashuviga aylanadi. Urugvaylik murabbiy qo'l ostidagi jamoalar bir necha bor klublarimiz va terma jamoamizga qarshi o'ynagan. Bu safargi bahs ham qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.




To'rtinchidan, shu kuni "Paxtakor" stadioniga kirish BEPUL. Stadionga keling va darvoza yonidan BEPUL chipta bilan o'yinga kiring. Faqatgina 32 va 35-sektor chiptalari 20 ming so'm, 33 va 34-sektor chiptalari 40 ming so'mdan. 




Beshinchidan, "Paxtakor" bu o'yinda butun O'zbekiston sharafini himoya qiladi. OCHLda klublarimiz ochkolar jamg'arishda davom etishsa keyingi mavsumlarda OFK O'zbekiston klublari uchun kvotalarni oshiradi va yurtimizning boshqa klublari ham mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi. SHunday ekan, bu uchrashuvda butun O'zbekiston "Paxtakor"ga muxlislik qiladi.




Oltinchidan, ajoyib ob-havo. 12 mart kuni Toshkentda 18 daraja issiq bo'lishi kutilmoqda. O'yin kech soat 18:00da boshlanadi. Bemalol ishdan chiqib "Paxtakor" stadioniga kelishingiz mumkin.



Reyting: +91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика