"Paxtakor" akademiyasi Toshkent shahar chempionatida g'olib bo'ldi
05 dek 2014 12:22
Yangiliklar

"Paxtakor" akademiyasi Toshkent shahar chempionatida g'olib bo'ldi
Tarbiyalanuvchilarimiz jamoaviy natijalarga ko'ra shahar chempionatida zafar quchishdi.
6 yosh toifasida o'tgan musobaqada 1997-98 yillar o'rtasida klubimizga biriktirilgan BO'SM-16 jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 1999, 2000, 2001 va 2003 yillarda tug'ilgan futbolchilar guruhlarida esa "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari birinichi pog'onaga ega chiqishdi. 2002 yil turnirida "Bunyodkor" zafar quchdi. SHuningdek, 2004 yilda tavallud topgan bolalar o'rtasidagi norasmiy musobaqada Olim SHokirov boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasi g'alaba qozondi.
Jamoaviy natijalar bo'yicha ham akademiyamiz tarbiyalanuvchilari birinchi o'rin sohiblari bo'lishdi. 2014 yilda ular mamlakat birinchiligida 2 yosh toifasida ham muvaffaqiyatga erishganini takidlab o'tishimiz lozim.Umid qilamizki, hozirgi tarbiyalanuvchilar orasidan asosiy jamoaga ko'plab futbolchilar etishib chiqadi.

Fikrlar