“Paxtakor” “A” guruhida, raqiblar nomi malum
31 may 2016 15:37
Yangiliklar
“Paxtakor” “A” guruhida, raqiblar nomi malum
Ushbu turnir 1 iyun – “Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilyapti.
“Kaluga Junior Cup”da Rossiyaning “Kaluga” hamda “Krasnodar”, Belarusning “Dinamo”, Latviyaning “Super Nova”, Xitoyning “Guanchjou Fuli”, Ruminiyaning “Juniorul” kabi klublari tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishadi.
Qura natijasiga ko'ra, “Paxtakor” jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Dilshod Nuraliev shogirdlari mezbonlarning “Kaluga”, Suxumining “Dinamo” hamda Ruminiyaning “Juniorul” klublariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoalar egallagan o'rinlari asosida pley-off o'yinlarida maydonga tushishadi. “Paxtakor” ilk uchrashuvni 1 iyun kuni “Juniorul”ga qarshi o'tkazadi. 2 iyun kuni “Dinamo”, 3 iyunda “Kaluga”ga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi.
Fikrlar